Genlar allellarining o`zaro ta`siriga qarab ikki guruhga bo`linadi.
1. Allel genlar o`zaro ta`siri 2. Allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta`siri Allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta`siri
3 xil bo`ladi.
1.Komplementar 2.Epistaz 3. Polimeriya GENLARNI KOMPLEMENTAR TA`SIRI Genlarni o`zaro ta`sirining komplementar tipida bir belgi ikkita genning o`zaro ta`siri tufayli hosil
bo`ladi, lekin belgiga ta`sir etuvchi genlar teng qimmatga ega bo`lmay,ulardan biri asosiy, ikkinchisi
to`ldiruvchi vazifasini bajaradi.
Komplementar holda nasldan-naslga o`tish 3 xil bo`ladi .
1.
Yangi belgi hosil bo`lishida ishtirok etadigan har ikki noallel gen mustaqil u yoki bu belgiga ta`sir
etadi, Masalan; AAbb genlar tovuqlarning gulsimon, aaBB genlar no`xatsimon toj hosil qiladi.
2.
Yangi belgi hosil bo`lishida ishtirok etadigan ikki xil noallel genning bri mustaqil ravishda belgini
vujudga keltiradi.Ikkinchi noallel gen esa bunday xususiyatga ega bo`lmaydi.Chunonki, sichqonlarda
AAbb genlar junning qora rangini aaBB genlar esa xuddi aabb genlar kabi junning oq rangini hosil
qiladi.B gen faqat A bilan genotipda bo`lgan taqdirdagina o`z ta`sirini fenotipda namoyon bo`ladi.,ya`ni
pigmentar junda zonar holatda namoyon bo`ladi.
3.
Komplementar holda nasldan-naslga o`tishning bu xilida noallel genlar alohida-alohida ravishda
belgiga mustaqil ta`sir ko`rsata olmaydi.Chunonki, XX asrning boshida Betson va Pennetlar ipaksimon
patli oq tovuqlarni Dorxin zotli tovuqlar bilan chatishtirilganda ,duragay tovuqlar hammasining pati
rangli bo`lib,keyinchalik F
2
da 9:7 nisbatda ajralish ro`y beradi. Ularning 9/16 qismi rangli patli,7/16
qismi oq patli bo`lgan.
Chatishtirishda ishtirok etayotgan organizmlar fenotip jihatdan o`xshashligi yoki farq qilishi
mumkin.Dominant va retsessiv genlarni o`zaro ta`siriga qarab komplementar holda nasldan-naslga
o`tishining ikkinchi bo`g`inida xilma-xillik