Maruza- o`zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish



Yüklə 17,5 Kb.
səhifə1/2
tarix19.04.2023
ölçüsü17,5 Kb.
#100749
  1   2
3-ma\'ruza (3)

Maruza- 3. O`zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga

solish.


Reja:
1. Texnik jihatdan tartibiga solishning asosiy maqsad va vazifalari.
2. Qonunni ishlab chiqish uchun asosnoma.
3.Texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha xalqaro amaliyot.
Tayanch so`zlar. Texnik jihatdan tartibiga solish, xalqaro amaliyot, maqsad va vazifalari.
1.1. Texnik jihatdan tartibiga solishning asosiy maqsad va vazifalari
Texnik jihatdan tartibiga solishning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga mahsulot (xizmat)larning harakatlanish yo‘llarida xavfsizlik darajasini optimallashtirishda barcha balanslashtirilgan choralarni bevosita ishlab chiqish va qo‘llash ma’muriy aralashuvlarni minimallashtirishni ta’minlash bo‘lsada, bir tomondan bozorda qalbaki va xavfli mahsulotlar (xizmatlar)ni paydo bo‘lishini barxam berish bo‘lsada, ikkinchi tomondan ishlab chiqaruvchilar uchun texnik to‘siqlarni minimallashtirish bo‘lib hisoblanadi.
Texnik me’yorlashtirish sohasida davlat boshqaruvining vazifasi majburiy texnik talablarni bajarilishi va qo‘llanilishi (ishlab chiqish va tasdiqlash)ni o‘rnatish sohasida huquqiy boshqarish munosabati bo‘lib hisoblanadi.
Texnik jihatdan tartibga solish xavfli mahsulotlardan iste’molchilarni himoya qilish va ulardan foydalanishda mahsulot xavf-xatari tahliliga asoslanuvchi bozorda ishlab chiquvchilar va iste’molchilarning o‘zaro qiziqishlarini zaruriy balansiga erishishga yo‘naltirilgan.
Texnik reglamentlarga o‘tishdan yana bir asosiy maqsad – hozirgi paytda turli xil hujjatlarda o‘rnatilgan shu jumladan, turli xil davlat idoralari va xo‘jalik boshqaruvlari qabul qilgan xavfsizlik bo‘yicha talablarni yagona hujjatda to‘plashdir.
Texnik jihatdan tartibiga solish to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasida texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari belgilangan bo‘lib, va u quyidagilardan iborat:

  • inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;

  • atrof muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;

  • savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;

  • mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.

Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Yüklə 17,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin