1.2. Qonunni ishlab chiqish uchun asosnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.08.2004 yil №373 sonli “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatni tashkil etish va tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori.
O‘zbekiston Respublikasining Evroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati kirishi va respublikani Butun jahon savdo tashkiloti (VTO)ga kirishiga tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.01.2006 yildagi “06/3-9 sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 20.01.2006 yildagi №04/2-34 sonli topshirig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2006 yildagi №264 sonli qarorlari.
O‘zbekistonda va boshqa sobiq sovet respublikalarida mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda ma’lum bir qiyinchiliklarni hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi savdo munosabatlarida murakkabchiliklarni yaratuvchi majburiy talablarni o‘rnatuvchi ko‘plab hujjatlar mavjuddir. Bularga quyidagi standartlar: SanPinlar, SNiPlar, farmakopeya moddalari, ekologik, yong‘in, veterinariya, energetika va transport qoidalari kiradi. Respublika texnik jihatdan tartibga solish tizimida bunday hujjatlarni amal qilinishi sanitar va fitosanitar choralar va savdoddagi texnik to‘siqlar bo‘yicha Butun jahon savdo tashkiloti kelishuv qoidalari va xalqaro amaliyotga nomuvofiqdir ya’ni standartlashtirish standartlarni ixtiyoriy ravishda qo‘llashga asoslansada, majburiy talablar bitta hujjatda mujassamlashtiriladi. Ushbu hujjat, uning yuridik maqomidan mustaqil holda “texnik reglament” deb umumiy nomladi.
Bundan tashqari, respublikada tasdiqlanadigan va amal qilinadigan majburiy talablarni o‘rnatuvchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni etkazish va ishlab chiqish jarayoni qiziquvchi tomonlar uchun noaniq va anglab bo‘lmaydi.
3.Texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha xalqaro amaliyot. Texnik jihatdan tartibga solish xaqaro tizimi o‘z ichiga texnik normalarni o‘rnatish hamda ularni baholash va tasdiqlashni qamrab oladi. Bunday soddalashtirilgan texnik reglamentlash sxemasi bo‘yicha amaliyotda dunyodagi barcha mamlakatlar ish olib borishadi. Maslan: Evropa hamjamiyati besh turdagi qonuniy hujjatlarni chiqarishadi ulardan uchtasi yuridik jihatdan majburiy bo‘lib hisoblanadi. Majburiylariga quyidagilar mansubdir:
direktivlar, bu erda EH (ES) a’zo – mamlakat uchun umumiy maksadlar o‘rnatiladi; bunda qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq har bir mamlakat xusussiy qonunchiligini ishlab chiqishga ruxsat etiladi. (SHuningdek, “direktiva” atamasi va qo‘llanilishi ixtiyoriy, a’zo- mamlakat uchun bu hujjatlari amalda qo‘llanilishi majburiy bo‘lib hisoblanadi);
reglamentlar, har bir a’zo-mamlakat reglamentlar rasmiy nashr etilganidan so‘ng talablarini bajarishi lozim;
qarorlar, Evropa ittifoqi uchun emas, balki muayyan sub’ektlar uchun masalan, yuridik shaxslar, kompaniyalar yoki alohida a’zo-davlatlar majburiy yuridik hujjatlar bo‘lib hisoblanadi.
YUridik jihatdan majburiy bo‘lmagan hujjatlar – bular rezolyusiyalar, tavsiyalar va ixtiyoriy standartlardir.
Xalqaro amaliyotga muvofiq texnik reglamentlarda:
xavfsizlik talablariga rioya qilish uchun majburiyatlar tarkib topadi;
tayyorlovchilar konstruktiv qarorlari uchun huquqlari saqlanib, buyumlarning ekspluatatsiya xarakteristikalarini aniqlaydi;
muvofiqlikni tasdiqlashning shakli va sxemalarini o‘rnatadi;
isbotlangan asoslar sifatida standartlardan foydalaniladi;
bozorda mahsulotlarni joylashtirish qoidalarini aniqlaydi.
Texnik reglamentlarda atamalar, simvollar, qadoqlash va tamg‘alashlarga bo‘lgan talablarni ham kiritish mumkin.
Xalqaro texnik jihatdan tartibga solish tizimiga o‘tishda uning qonuniy asoslarini yaratish lozim. Bu nafaqat normalashtirish sohasidaga umumiy qoidalarni o‘rnatuvchi (yoki o‘rnatadigan) mustaqil qonunchilik akti (yoki aktlari) bo‘lishi lozim. Ularda muvofiqlikni baholash va tasdiqlash protseduralariga va texnik jihatdan tartibga solishning boshqa elementlariga talablarni o‘rnatish kerak.
Sanitar va fitosanitar choralar va savdoddagi texnik to‘siqlar kelishuv qoidalari qonun loyihasi (yoki qonunlar loyihalari)da muvofiqlikni baholash protseduralari va standartlar hamda texnik reglamentlarni tayyorlash, qabul qilish va qo‘llanilishlari bilan aloqador masalalarni ochib berish maburiyatlarni nazarda tutadi.
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni to‘g‘risida. Qonun loyihasini ishlab chiqish davomida boshqa MDH davlatlari: Rossiya Federatsiyasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi, Belorussiya Respublikasining “Standartlashtirish va texnik normalashtirish sohasida texnik me’yoriy huquqiy aktlar talablariga muvofiq baholash to‘g‘risida” va Qozog‘iston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi amaldagi qonunlari o‘rganilgan.
Kelgusida standartlarni xalqaro standartlarga uyg‘unlashuvi, texnik-iqtisodiy ma’lumotlarni kodlashtirish va yagona tasniflash tizimini yaratish bo‘yicha ishlar, xalqaro reestrlarda ro‘yxatga olinmaganekspertlar va xalqaro darajada tan olingan mutaxassislarni mavjud emasligi tenik reglamentlarni ishlab chiqish davomiyligi keyingi yillarda o‘tishi hisobga olingan. Ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar tajribalarini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida” qonuni qabul qilinganidan so‘ng, o‘tish davrida qonunlar parallel amal qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonuniga ham o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni almashtirishi o‘tish vaqti tugashi bo‘yicha standart va texnik reglamentlarni tayyorlash, qabul qilish va qo‘llash bilan aloqador masalalarni hal etilishi “O‘zstandart” Agentligi ishlab chiqqan “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi” qonun loyihasida nazarda tutilgan. Belgilangan o‘tish davomida amaldagi qonuniy aktlarga almashtiriluvchi texnik reglamentlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan. Texnik reglamentlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan yillik dastur bo‘yicha ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunida “texnik normalashtirish” davlat vazifasi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa davlat boshqaruvi idorlari, shuningdek, MDH boshqa davlatlari biriktirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi bilan bir qatorda hozirgi vaqtda “O‘zstandart” agentligi amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlari va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunini o‘z navbatida almashinuvchi va muvofiqlikni baholash hamda tasdiqlashning asosiy protseduralarini aniqlovchi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.
Takrorlash uchun savollar. 1. Texnik jihatdan tartibiga solishning asosiy maqsadi sabablari nima?
2.Qonunni ishlab chiqish uchun asosnoma tushunasiz?
3.“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni to‘g‘risida nima?