Fanning qisqa mazmuni (summary). “Falsafa” fani barcha zamonlarda va mamlakatlarda hamma universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarida o‘rganish uchun majburiy sanalgan fundamental fanlardan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda.
Mazkur fanni mohiyatini o‘rganishimiz jarayonida, uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashimiz va falsafa inson o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan dunyoni anglab yetishida qanday rol o‘ynashini tushuna boshlaymiz. Zero, birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi”.1 “Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarimizni falsafiy tafakkur bilan qurollantirish” - davr talabi. Nega deganda, bugungi zamonda har qanday raqib va muxolif bilan bahsga kirishish uchun uning qarashlari va g‘oyasi, falsafasini ko‘proq bilishimiz, kerak bo‘lsa, uning o‘zidan ham puxtaroq egallashimiz lozim”2.
Fanining maqsadi va vazifalari.Talabalar Fanning vazifasi:
falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalarni o’rganish orqali tizimli, kreativ fikrlash, hayotda o’z o’rnini topish;