Akmeologiya – (yunon. akme yetuklik, cho‘qqi, kamolot, yuksalish, yetuklik, logos – ta’limot, fan) – insonning kasb–hunar (mutaxassislik) jarayonida eng yuksak bosqichlarga yetish muammolarini o‘rganuvchi fan. Insonning yetuklik, ijod cho‘qqisi, kamolot va mukammallik darajasiga yetgan davri va rivojlanish jarayonini o‘rganadi.
Aksioma'>Akmeologiya
akmeology
Aksioma (yunon. axioma – qabul qilingan holda) – ma’lum nazariyaniisbotlash uchun isbotsiz qabul qilingan tushuncha. Mantiq fanida aksioma isbotsiz qabul qilingan haqiqat ma’nosida ishlatiladi. U ilmiy nazariyalarning deduktiv xulosalar chiqarish yordamida tashkil topish usullaridan biri. Shuning uchun «deduktiv metod» va aksiomatik metod ko‘pincha aynan tushunchalar sifatida ishlatiladi.
Aksioma
Axiom
Aksiologiya–(yunon. axio – qadriyat va logos – fan, ta’limot) atamasiilmiy bilimlar sohasiga XIX asrning ikkinchi yarmida, nemis qadriyatshunosi E.Gartman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Uni qadriyatlar haqidagi fan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Qadriyatshunoslik», deb atash mumkin.
Aksiologiya
Axiologies
Aksidensiya (lot. accidentia – tasodif) – substansiyaning muhim bo‘lmagan, tasodifiy xususiyatlari; ashyolarning mohiyatli, substansial xususiyatlarini aks ettiruvchi – atributning muqobili.