Abstrakt tafakkur – moddiy olamdagi narsa va hodisalarni, ularning muhim tomonlari, aloqadorliklarini maqsadaga muvofiq holda bavosita va umumlashgan holda inson miyasida in’ikos etishi.
Abstraktnoe mыshlenie
Abstract thinking
Avesto – zardushtiylik dinining asosiy kitobi; «nasihatnoma», «qonunlar to‘plami», «bilimlar majmuasi» sifatida talqin qilinadigan tarixiy manba. Avesto – Turon, Xuroson, Ozarbayjon, Iroq, Eron, Kichik Osiyo xalqlarining mil.av.gi qadimgi davrdagiijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to‘g‘risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy qadriyatlari haqida ma’lumot beruvchi asosiy manba. U miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda yaratilgan qomusiy asar. Unga ko‘ra, hayotning kechishi tabiatda (nur va zulmat), borliqda (hayot va o‘lim), ijtimoiy hayotda (yaxshilik va yomonlik), nafosat olamida (go‘zallik va xunuklik), dinda (Ahura Mazda bilan Ahrimanning azaliy va abadiy kelishmasligi) turli kuchlar o‘rtasidagi kurash shakllari sifatida namoyon bo‘ladi.
Avesta
Avesto
Agnostisizm (yunon. agnostos – bilib bo‘lmaydigan) – ob’ektiv borliqni, dunyoni to‘liq bilishi mumkin emas, deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot; unga ko‘ra inson narsalarning mohiyatini bilishga, ular xaqida aniq bilimga ega bo‘lishga qodir emasdir.
Agnostitsizm
Agnosticism
Ayniyat qonuni (lot. lex indentitatis) – formal mantiqning asosiy qonunlaridan bo‘lib, bu qonunga ko‘ra muhokama jarayonida ma’lum predmet to‘g‘risidagi fikr hajm jihatidan barqaror muayyanlikni saqlashi kerak. Bu qonun fikrni aniq ifodalashni talab qiladi. Muhokamada har bir tushuncha aynan bir ma’noda ishlatilmog‘i lozim. Uning formulasi A=A dir.