Vaqt – materiya mavjudligining asosiy ob’ektiv shakllaridan biri bo‘lib, birini o‘rnini boshqasi egallovchi holatlarni va ularning davomiyligini aks ettiruvchi munosabatlar majmuidir. Vaqt tushunchasida ob’ektlarga xos bir o‘lchamlik, bir jinslilik,orqaga qaytarilmaslik kabi xususiyatlar aks etadi. Vaqtning orqaga qaytarilmaslik xususiyati deganda, uning o‘tmishdan hozirgi zamon orqali kelajakka o‘tib borishi va betakrorligi tushuniladi.
Verifikatsiya'>Vremya
Time
Verifikatsiya (lot. verus – haqiqiy va facio – qilaman) – empirik yo‘l bilan tasdiqlash; ilmiy fikrlarni tajribada tasdiqlash orqali chinligini tekshirish protsedurasi. Atama neopozitivistlar tomonidan tavsiya etilgan.
Verifikatsiya
verification
Volyuntarizm(lot. voluntas – iroda) – iroda borliqning eng oliy ko‘rinishi deb qarovchi falsafiy oqim. Iroda volyuntarizmda tarixiy jarayonlarning ob’ektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan o‘zboshimchalik bilan o‘z hohish–irodasini hamma narsadan ustun qo‘yadi.
Volyuntarizm
Voluntarism
Voqelik – aktual, borliqning namoyon bo‘lishi.
Realnost
Reality
Garmoniya (yunon.harmonia – hamohanglik, kelishuv, xaosning muqobili) – bir butunlikni tashkil etuvchi narsa va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik, to‘la uyg‘unlik.