Tayanch so’z va iboralar: Siyosiy va geosiyosiy muammolar,Geosiyosat,
geosiyosiy makon, Rudolf Chellen, demografik, geosiyosiy mintaqa, siyosiy jarayon,
geosiyosiy muammo, siyosiy tuzum, statik, geografik o’rin. Geosiyosiy
bosqichlar, Vena bosqichi, Vengriya imperiyasi, Usmonli turklar, Uchlik ittifoqi,
Geosiyosat — turli siyosiy jarayonlarning geografik sharoit (muhit)ga bog'liq
holda rivojlantirishni o'rganadigan fandir. XX asrda dunyo siyosiy haritasining
tubdan o’zgarishi, hududiy, ijtimoiy-ekologik va demografik muammolarning
keskinlashuvi geosiyosat faniga bo'lgan e'tiborni kuchaytirib yubordi.
Geosiyosat fanini o’rganish geografiya, tarix, demografiya, et-nografiya,
dinShunoslik, ekologiya, sotsiologiya, harbiy fanlar, siyosatshunoslik va boshqa
fanlar bo'yicha ham bilimlarga ega bo'lishni taqozo etadi.
Geosiyosat tushunchasini fanga birinchi bo'lib, 1916-yilda Shvetsiyalik olim Rudolf
Chellen kiritgan. Uning fikricha, har qanday davlat bir butun geografik organizm
sifatida qaralmog'i lozim.
Geografik organizmni ma'lum bir landshaft sifatida o’rganish mumkin. Landshaft o'z
navbatida tabiiy, hududiy, ijtimoiy, tashqi majmua bo'lib hisoblanadi.
Geosiyosat fani siyosiy geografiya asosida shakllandi va rivojlandi.
Siyosiy geografiya jahondagi davlatlarning turg'un (statik) ho-latdagi tavsifini tuzish
bilan shug'ullanadi. Siyosiy geografiyani ko'proq davlatlarning joylashishi,
hududining shakli, o'lchamlari, che-garalari, xo'jaligi, aholisining savodxonlik
darajasi, madaniyati qiziqtiradi.
Geosiyosat fani siyosiy jarayonlarning geografik makondagi o'zaro
aloqalarini, ularning Yerga va madaniy omillarga ta'sirini o'rganadi. Geosiyosat fani
asosiy e'tiborni tabiiy muhit omillarini harbiy-siyosiy, tashqi va ekologik xavfsizlik
maqsadlarida faol foydalanishga qaratadi
[10]
.
Geosiyosat fanining o’rganish obyekti: sayyoraviy (planetar) makon,
geosiyosiy jarayonlar va hodisalardir. Sayyoraviy makonga quraqlik, suvlik
(Dunyo okeani), havo qobig'i, davlatlar va ularning resurslari kiradi. Geosiyosatning
asosiy vazifasi, ya'ni o’rganish predmeti sayyoraviy makonni nazorat qilishdir.
Bunda geosiyosiy omillarni o’rganish va baholash muhim ahamiyatga ega.
Geosiyosiy omillarga quyidagilar kiradi:
- geografik (geografik o'rni, tabiiy resurslari);
- siyosiy (siyosiy tuzumi, davlat chegaralari, jamiyatning ijtimoiy tarkibi,
asosiy erkinliklarning mavjudligi);
- tashqi (ishlab chiqarish kuchlarining quwati va tarkibi, aholining turmush
darajasi, strategik zaxiralar va safarbarlik (mobili-zatsion) quvvatlari;
- harbiy (qurolli kuchlarning kattaligi, quwati, harbiy tayyor-rtigi, harbiy
kadrlarni tayyorlash holati);
- ekologik (cheklangan yoki tugaydigan va tiklanmaydigan) re-surslarga
bo'lgan demografik bosim, xomashyo resurslarining ka-mayishi va tugashi, aholi
32
__________________________________________
10
Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001
.
turmush darajasining o’zgarishi);— demografik (aholi soni, o'sish sur'ati, zichligi va
tarkibi);
- madaniy-ma'rifiy (konfessalar, millat va elatlar, mehnat an'analari, ilm-fan,
ta'lim, sog'liqni saqlashning rivojlanganligi, ur-banizatsiya darajasi va boshqalar).
Yuqoridagi omillarni geosiyosiy ji-hatdan tahlil qilish uchta yo’nalishda olib boriladi:
a) ijtimoiy-siyosiy vaziyatni ularning ma'lum bir hudud va davr doirasida
rivojlantirish bilan bog'liq holda tadqiq etish; b) ma'lum bir hudud to'g'risidagi
haqiqiy ma'lumotlarni ayrim hollarda tamomila qarama-qarshi tasawurlar bilan
taqqoslash; d) makonni o'zgartirish bo'yicha siyosiy strategiyani amalga oshirishni
baShoratlash.
Eslab qoling!
Geosiyosat - turli siyosiy jarayonlarning geografik sharoitga bog'liq holda
rivojlantirishni o'rganadigan fan. Geosiyosat tushunchasini fanga birinchi bo'lib,
1916-yilda Shvetsiyalik olim Rudolf Chellen kiritgan.
Dostları ilə paylaş: |