O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida, xususan V. M. Chetirkin hamda
K.N.Bedrintsevlarning ishlarida rayonlarning kompleks muammolarini urganish ilmiy
yunalishi shakllangan. Ayni paytda olib borilgan saxro tadqiqotlari jarayonida
R.S.Lobach, Z.M.Akromov, R.A.Xodiev, T.Tojimov, T.Raimov, E.Toshbekov kabi
qator olimlar yetishib chiqqan. N.G.Tsapenko, V.M.Csetirkin va K.N.Bedrintsevlar
bilan birgalikda rivojlantirish muammolari ustida ish olib borgan.
Maxalliy millat vakillaridan birinchi iqgisodiy geografiya bo’yicha nomzodlik
dissertatsiyasini 3. M .Akromov 1953 yilda yoqlagan. Ushbu dissertatsiya asosida
Namangan viloyatining iqtisodiy geografik ta’rifiga bagishlangan monografiyasini
nashr ettirgan. Keyinchalik professor Z.M. Akromov Buxoro va Samarqand
viloyatlari qishloq xujaligi, cho’l, tog va togoldi rayonlarini o’zlashtirish, iqtisodiy
rivojlantirish kabi muammolar ustida izlanishlar olib borgan. U kishi iqtisodiy
geografiya kafedrasining mudiri (1970-1984 yy.) va O’zbekistan Respublikasi
Geografiya jamiyati hamda Fanlar akademiyasi qoshidagi Geografiya bo’limida qator
fan nomzodlari va doktorlarini tayyorlashda samarali ishlarni bajarib kelgan.
Iqtisodiy geografiya fanining rivojlantirishda ilmiy anjumanlar va chop etalgan
kitoblarning ahamiyata salmoqli bo’lgan. Jumladan, O’rta Osiyo va Qozogiston
respublikalarini tabiiy geografik va iqtisodiy geogarfik rivojlantirish bo’yicha 1959,
1961, 1967 va 1971 yillarda, aholishunoslik muammolari to’g’risida 1965, 1972
yillarda ilmiy anjumanlar utkazilgan. Shuningdek, urbanizatsiya jarayonlari nufuzli
ilmiy seminarlarda (1973 va 1975 yy.) muxokama etilgan. Bunday tadbirlarni tashqi
etashda Z.M.Akromov, M.K.Qoraxonov va O.B.Otamirzaevlarning xizmatlari katta
bo’lgan. Keyingi yillarda Samarqand (1984), Antren (1987), Namangan (1989),
Fargona (1991), va boshpda shaharlarda ham iqtisodiy va sotsial geografiyaning turli
muammolariga bagishlangan ilmiy - amaliy anjumanlar o’tkazilgan. Respublika
Geografiya jamiyatining navbatdagi s’eyzdi 2000 yidda Samarqanda o’tkazildi. Bu
urinda geografiya fanining rivojlantirishga katta xissa qo’shayotgan bu jamiyatning
axborotnomalarini muntazam ravishda chop etib borishini alohida ta’kidlamoq zarur
(asosiy tashkilotchilar Z.Akramov va Sh.Azimov).
O’zbekistan respublikasi to’g’risidagi geografik kitoblar 1950,1953, 1956,1963 yillarda
nashr etgirilgan, eng sunggisi 1982 yilda chiqqan. Bu kitoblarni yozishda ToShDU
geografiya fakulteti olimlari faol katnashishgan. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi
55
xaqidagi ma’lumotlar E.Axmedov kitoblarida ham bayon etilgan. Shu bilan birga urta
va oliy maktablar uchun O’zbekiston iqtisodiy geografiyasidan darsliklar yozilgan.
Dastlabki urta maktablarga oid darslik N.G.TSapenko va N.V.Smirnov ham
muallifligida nashr ettirilgan. Oliy maktablar uchun O’zbekiston Respublikasi
iqtisodiy geografiyasi G.Asanov, M.Nabixonov va E.Safarovlar tomonidan yozilgan.
G.Asanov aholi geografiyasi uqo’v qo’llanmasi, sotsial- iqtisodiy geografiyaning
izoxli lugati xaqida kitoblar ham chop qildirgan. Turli mavzu va ko’chlarga doir uko’v
qo’llanma va uslubiy ko’rsatmalar R.Xodiev, A.Soliev, A.Qayumov, X.Salimov,
J.Xoliqov, S.Boqiev va boshqalar muallifligida yozilgan. Surxandaryo, Namangan,
Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari geografiyasi to’g’risidagi har hil xajmdagi
asarlar yaratilgan (A.Ruziev, O.Abdullaev, I.Nazarov, MYangiboev, R.
Qo’rbonniyozov).
Shunday qilib, xozirgi kunda reslublikamizda ta shkil va sotsiat geografiyasining
ikki asosiy yunali shi shakllangan.
Dostları ilə paylaş: |