Ma’ruza 1 kirish kirish. E



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə22/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#39388
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
Ma’ruza 1 kirish kirish. E

Eksperimental metod

Qurilmani energiya balanslarini uni eksperimental (sinov) o‘tkazish asosida aniqroq olish mumkin. Qurilmani sinash jarayonida laboratoriya asboblari yordamida keltirilgan quvvatni va energiya oqimlarini hamma asosiy parametrlarini o‘lchanadi. Bunda tadqiqot qilinayotgan qurilmani yuklamasi berilgan qiymatda doimiy ushlab turiladi. Bunday sinovlar yuklamani bir necha qiymatlarida amalga oshiriladi. Natijada tadqikot qurilmasining turli yuklamalariga ta’luqli energiya balanslariga ega bo‘lamiz. Issiqlik energetik qurilmalarinini quvvatini kerakli aniqlikda o‘lchash ko‘pincha sinovlarni uzoqroq muddat oralig‘ida o‘tkazishni talab qiladi. CHunki tadqiqot qilinuvchi obe’ktni xolati turg‘un bo‘lishi kerak. SHuning uchun kerakli eksperimental nuqtalarni aniqlash kamdan kam hollarda amalga oshadi.

Eksperiment usulida energiya balansini olishda natijalarni to‘g‘riligiga erishish uchun eksperiment o‘tkazishning ma’lum qoidalariga amal qilish zarur. Xususan, sinov to‘lik bo‘lib, faqat asosiy qurilmani emas, balki qo‘shimcha mexanizmlarini ham qamrab olishi kerak.

Ekperiment o‘tkazilgandan keyin keltirilgan quvvat yoki yo‘qotishlar tavsiflari tadqiqot natijalariga ko‘ra olingan nuqtalar tekislanadi. YA’ni kesik chiziqlar emas, monoton egri chiziqlar orqali quriladi. Tavsiflarni nisbiy ko‘rsatgichlari olingan nuqtalar orqali quriladi.

Energiya balansini olishni eksperimental usuli aniqroq usul xisoblanadi. Lekin bu usulni qo‘llashda kerakli o‘lchov asboblari va ular bilan muomila qiluvchi persanalni talab qiladi. Bundan tashqari sinov vaqtida qurilmani ishdan to‘xtatib turish, kerakli tayyorgalik ishlarini olib borishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun bu metodni amaliy qo‘llash imkoniyatlari cheklangan.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin