Ma’ruza 1 kirish kirish. E


MA’RUZA 4 AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTR YURITMA TIZIMLARIDA ENERGIYA AUDITI. ELEKTR TARMOQLARIDAGI QUVVAT VA ELEKTROENERGIYA ISROFLARINI ANIQLASH



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə21/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#39388
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Ma’ruza 1 kirish kirish. E

MA’RUZA 4
AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTR YURITMA TIZIMLARIDA ENERGIYA AUDITI. ELEKTR TARMOQLARIDAGI QUVVAT VA ELEKTROENERGIYA ISROFLARINI ANIQLASH

Reja:

  1. Asosiy nazariy tushunchalar

  2. Energetik audit

  3. Eksperimental metod

  4. Analitik – hisob metodi

  5. Kombinatsiyalashgan usul


Mavzu maqsadi: Avtomatlashtirilgan elektr yuritma (AEYU) energetik audit o‘tkazish uslubiyatini o‘rganish va energiya auditorlikni amaliy ko‘nikmalariga egallash.

Asosiy nazariy tushunchalar

Energetik audit

Energetik audit energiya iste’molini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmuasi bo‘lib va buning natijasida ya’ni ijobiy iqtisodiy samaradorlikka erishish.

Energetik auditni ob’ekti deb ma’lum bir ishni bajaruvchi va buning uchun energiya sarflovchi turli murakkablikdagi tizimni tushunish mumkin.

Energiyadan foydalanlanish samaradorligini baholash metodlaridan biri bo‘lib energiya balansi tenglamasini tuzish hisoblanadi. Energiya balansi kelayotgan energiyani va ma’lum bir foydalali ishni bajarishga sarflayotgan energiyani undagi yo‘qotishlarni ( iste’molda, o‘zgartirishda va taqsimlashda) hisobga olgan holda bog‘liqlikni aks ettiradi.



, (1)

bu erda manbadan iste’mol qilinuvchi quvvat;



- foydali ish bajarish uchun sarflanadigan quvvat;

- energiyani iste’molida, taqsimlashda va o‘zgartirishdagi quvvat sarfi.

Energetik balansda kelayotgan energiyaning hamma manbalari bir tomondan va energiyani sarflayotgan hamma yo‘nalishlari ikkinchi tomondan to‘liq aks ettirilishi kerak. SHuning uchun energiya balansini kirim (kelayotgan) va chiqim (sarflayotgan ) qismlarga ajratiladi.

Energiya balansni kirim (kelayotgan, qabul qilinayotgan) qismi deb energiyani va energiya resurslarini hamma turlarini ishlab chiarishni strukturasini xarakterlovchi energetik balansni ko‘rsatgichlar tzimi tushuniladi.

Energiya balansni chiqim (sarflayotgan) qismi deb barcha turdagi energiya va energiya resurslarini (yo‘qotishlarni hisobga olgan xolda) ishlatishni stukturasi va yo‘nalishini xarakterlovchi energetik balans ko‘rsatgichlari tizimi tushuniladi.

Foydali ish bajarishga yo‘naltirigan ko‘rilayotgan obe’ktni faoliyatida ko‘pincha energiyani bir turdan ikkinchi turga bir necha marotaba o‘zgartirish zarur bo‘ladi. Lekin energiyani bunday o‘zgartirish va taqsimlashda bu o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi vosita elementlarida yo‘qotishlar hosil bo‘ladi.

Energiya yo‘qotishlari deb energiyani turini o‘zgartirishda hosil bo‘lgan energiyani foydali ishni bajarishda ishlatish mumkin bo‘lmasligi tushuniladi.

Keraksiz yo‘qotishlardan tashqari ishlab chiqarishni davriy ish jarayonida ”qo‘shimcha” yo‘qotishlar ham yuzaga kelishi mumkin. Bu yo‘qotishlar agregatlarni texnik xolati, ularni optimal bo‘lmagan rejimlaridagi ekspluatatsiyasi va boshqa sharoitlari bilan bog‘liq.

Energetik audit ob’ekti va hal qilinayotgan masalasini masshtabiga ko‘ra energetik balanslarni alohida agregatlar, agregatlar guruhi yoki qurilmalar balansi va alohida texnologik jarayonlar, uchastkalar, sexlar, sanoat korxonalari va h.k. balanslarga bo‘lish mumkin.

Energetik balans formulasini qurish uchun balansni tashkil etuvchilarini miqdoriy aniqlash zarur. Bu masalani echishni quyidagi amaosiy metodlari ma’lum:

- eksperimental ( sinov);

- analitik hisob;

- kombinatsiyalashgan.

YUqorida keltirilgan metodlarni asosiy avzalliklari va kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz.




Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin