Quyida ishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha optimizatsiya mezonlari va energiyadan ratsional foydalanish bo‘yicha tadbirlarning taqribiy ro‘yxati keltirilgan.
I. Energiya isrofini kamaytirish uchun
1. Energoresurslar parametrlarini (bosim, harorat, kuchlanish va
boshqalar) me’yorlashtirish.
2. Agregat f.i.k. oshirish.
3. Ta’mirlar sifatini oshirish.
4. Elektr va issiqliq ta’minoti tizimida isrofni kamaytirish.
5. Issiqliq o‘tkazgich va qurilmalarda izolyasiyani yaxshilash.
6. Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish.
7. Joriy ekspluatatsiyani takomillashtirish.
II. Mahsulotdagi energiya xajmini kamaytirish uchun
Energiya isrofini kamaytirish.
Mahsulot "brak"ini kamaytirish.
Xom–ashyo sifatini oshirish.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.
Qurilmalarning salt ishlash vaqtini kamaytirish.
Texnologik jarayonlarning qo‘shimcha komponentalari sarfini kamaytirirish(siqilgan havo, vodorod, azot, par, suv va boshqalar).
III. Iste’mol qilinayotgan elektr quvvatni kamaytirish uchun
Quvvat isrofini kamaytirish.
Xom–ashyo va yarim xom–ashyolarning me’yoriy parametrlarini saqlash.
Harorat, bosim va boshqalarning me’yoriy parametrlarini ta’minlash.
Elektrotermik jarayonlarda me’yoriy kuchlanishni ushlab turish.
Qurilmalarning tezligini sozlash.
IV.Talab qilingan quvvat qiymatini kamaytirish uchun
Energiyahajmdor agregatlarni vaqt bo‘yicha siljitish.
Energetika tizimi quvvati maksimumi davrida alohida energiyaxajmdor agregatlar yuklamalarini kamaytirish.
Texnologik sukunat va iste’molchilar pasayishi vaqtini optimallash.
Energiyaxajmdor agregatlarni maksimum davrida uzib qo‘yish.
Oraliq omborlarni yuklamani kamaytirish maqsadida ishlatish.
Dostları ilə paylaş: |