Ma’ruza 1 kirish kirish. E



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə6/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#39388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Ma’ruza 1 kirish kirish. E

Energiyani o’lchash asboblari. Ko’pchilik korxonalar energiya iste’moli hisobini aniqlovchi asosiy o’lchash tizimini o’rnatishgan. Bir oy davomida iste’mol qilingan energiyani o’lchash, uchun qanday iste’mol qilinayotganligini bilish etarli emas.

SHuning uchun turli zonalardagi va ishlab chiqarish modullarda energiya sarfini o’lchashda energiya iste’moli haqida ishonchli ma’lumotlar olish uchun turli usullarni qo’llash talab etiladi. Hozirgi paytda neft, gaz, issiqlik va elektr energiya iste’molini o’lchash uchun hisoblagichlar ishlatiladi.

Elektr yuklamasi yuqori bo’lgan ko’pchilik korxonalarda 3 modifikatsiyali energiyani nazorat kilish va hisoblashning informatsion-ulchash sistemasi-IISE-3m o’rnatilgan.

«Alfa» turidagi elektr hisoblagichlar, shaxsiy kompyuterlarga ulanib Wh, I, U, W elektr energiya, tok, kuchlanish va quvvatni sutka va yillar davomida o’lchab xotirasiga, ya’ni perfokartaga yozib boradi.



1. Taftish qilishda ko’tarib yuradigan o’lchov asboblari. Korxonalarda o’lchanadigan asosiy parametrlar quyidagilar:

a) Harorat.

b) Bosim.

v) Gaz aralashmasining pechdagi hajmi.

g) Elektroenergiya sathi.

d) YOritilganlik me’yori.

Simob yoki 3000S gacha o’lchaydigan boshqa suyuqliklar ishlatiladi. Termometrlar va termojuftliklar (termoparalar) 10000S dan ortiq haroratda ishlatiladi. Pirometrlar to’ђridan-to’ђri kontaktsiz haroratni o’lchashni ta’minlaydi. Bu harakatda bo’lgan buyumlarning haroratini o’lchashda muhim bo’lib, 20000S dan yuqori haroratni o’lchashda ishlatiladi.

2. Oqimni o’lchash.

Odatda gaz oqimi tezligini o’lchashda Pito trubkasidan foydalaniladi. Pito trubkasining ishlash tartibi statik va harakatdagi suyuqliklar orasidagi differensiyaga, bosimni o’lchashga asoslangan bo’lib, bular harakatdagi gazning massasi va tezligi, tezlik bosimini hosil qiladi.

Q=C*F*(2gh)0,5

Q - oqim tezligi,

S - oqim koeffitsienti,

F - oqimning ko’ndalang kesim yuzi,

h - tezlik bosimi.

3. Bosimni o’lchash. Manometr yoki elektron differensiallangan bosim kamerasi: 500ml. sim.ust gacha bo’lgan bosimni o’lchashda qo’llaniladi. YUqori bosimlar uchun Burdon o’lchash asboblari qo’llaniladi.



4. Elektrik o’lchamlar. Kichik elektr o’lchamlar kuchlanish, tok, quvvat, yuklash koeffitsienti kabi parametrlarni o’lchashda ishlatiladi. Aktiv-reaktiv energiya hisoblagichlar 3 va 4 simli, nulli yoki nulsiz va tok transformatorlari bilan birga bo’ladi.

Energiya auditi (tekshiruvi), energiya samaradorligi. Energetik tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi “Energiyadan oqilona foydalanish to‘ђrisida” gi qonunining 13-14- moddalariga asosan o‘tkaziladi.

Majburiy energetik tekshiruvga ta’lluqli tashkilotlarga yoqilђi – energetika manbalari iste’molining yoki har bir turlarining yiђindisi yiliga 6 ming t.u.t. dan ko‘p, yoki 1 ming t. dan ko‘p motor yoqilђisi tashkil qiladigan tashkilotlar kiradi.

Tashkilotlarda energetik tekshiruvlarning 6 xili mavjud (ishga tushirishdan oldin va foydalanishdan oldin: dastlabki, davriy, navbatdan tashqari, mahalliy, ekspress tekshiruvlar).

YOqilђi - energetika manbalari iste’molchilarini energetik tekshiruvdan o‘tkazish huquqi quyidagilarga berilgan:

-“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va ¡zdavneftgaz” inspeksiyasiga.

-Energetik tekshiruvlar o‘tkazuvchi tashkilotlarga (bundan keyin - shu xildagi tekshiruvlarga ruxsatnomasi bo‘lgan energiya auditorlar (tekshiruvchilar) ga.

Inspeksiya nazoratchilari muvofiqlashtirish rejasiga asosan ko‘rsatib o‘tilgan tekshiruv xillaridan faqat bittasini - ekspress tekshiruvini bajarishi mumkin. Qolgan tekshiruv xillarini faqat energiya tekshiruvlari (auditorlari) “¡zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq bajarilishi mumkin.

Energiya auditorlari o‘z faoliyatida O‘zR davlat hokimiyati idoralarining me’yoriy-huquqiy hujjatlariga va O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 noyabr «Energetik tekshiruv va ekspertizalar o‘tkazishga oid faoliyatini litsenziyalash haqidagi nizomni tasdiqlash to‘ђrisida” gi 504-sonli qaroriga amal qiladi.

Energetik tekshiruv natijalarida tashkilotlar tomonidan yoqilђi–energetik manbalaridan foydalanishda aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan, aniqlangan tejash bo‘yicha mavjud zaxiralar, energiyani saqlashga doir tashkiliy va texnik qarorlar taklif qilinib, unda istiqboldagi iqtisodning jismoniy va puldagi ifodasi, hamda ularning sotilish narxi ko‘rsatilishi lozim.

Energiyani tejash va yoqilђi energetik manbalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha berilgan tavsiyalar ishlab turgan uskunaning ekologik xususiyatlarini va texnologik jarayonlarini, xavfsizlik darajasi, xodimlar ishidagi qulayliklarni, mahsulot sifati va xatarsizligini pasaytirmasligi lozim.

Iste’molchining energetik salohiyatiga baho berish, ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olib mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi har bir texnologik uskunaning turli ish rejimlaridagi energiya iste’molini asboblar yordamida o‘lchash; energiya ta’minlashning matematik modelini tuzish; eng ma’qul energetik texnologik jarayonni aniqlash; tarkibiga turli kasb mutaxassislari (elektrik, issiqlik – texnik, mexanik, kimyogar, metallchi va hokazolar) hamda asboblar bazasiga ega ixtisoslashtirilgan tashkilotlar berishi mumkin bo‘lgan energiya tejash salohiyatini har bir sex bo‘yicha va yaxlit korxona bo‘yicha baholash asosida amalga oshiriladi.

Mavjud bo‘lgan ekspertlar bahosiga ko‘ra, hozirgi vaqtda yoqilђi – energetik manbalarining iste’moli jahon miqyosida yiliga o‘rtacha 1÷ 2% muntazam barqaror ortib borayotganligi, hamda uchinchi davlatlardan energiya borasida qaramlikning ortib borayotganligi kuzatilmoqda va u 2020 yil istiqboliga ko‘ra umumiy iste’molning 70% ga etadi. Energiya iste’molining tez o‘sishi avvalambor jahon miqyosidagi ishlab chiqarishi muntazam ko‘payib borayotganligiga boђliq.

SHuning uchun energiya iste’molining dinamikasini ko‘rib chiqishda, uning darajasini tafsiflovchi asosiy ko‘rsatkichning o‘zgarishi bilan nisbatlash lozim.

Evropa Ittifoqi, AQSH, YAponiya iste’molchilarining energiyadan samarali foydalanish siyosatiga o‘tishga majbur qilgan omillar, bu – bozor mexanizmlari (energiya manbalari narxining oshishi energiya samaradorligi texnologiyalarini joriy qilishga darakchi bo‘lgan), hukumat miqyosida kelishilgan va dasturlashtirilgan.

Ushbu davlatlar tajribasining tahlili shuni ko‘rsatib turibdiki, davlat siyosatisiz va energiya saqlash dasturisiz, energetik menejment tizimini yaratmasdan turib, tanglikdan chiqib bo‘lmaydi.

1970 yillardagi neft tangligidan keyingi 15 yillar mobaynida ђarbdagi sanoat davlatlarining sezilarli manbalari ishga tushirilishi mumkin bo‘lgan energiyadan samarali foydalanish siyosati natijasida kishi boshiga energiya iste’mol qilish hajmi barqarorlashgan, o‘sha vaqtda milliy mahsulot hajmi qariyb 30% ga oshgan.

Bu natijalar energiya tejash siyosatini tatbiq qilishning texnik va iqtisodiy jihatdan tashkil qilinganligi tufayli olingan.

Agar ushbu davlatlarning energiya iste’moli 1973 yil darajasida qolganda edi, 1986 yilga kelib energiya iste’moli 24% ga oshgan bo‘lar edi.

Iste’molchilarning II guruhi ajratilgan: Energiya talablar Energiya ta’minotiga kam harajat qiluvchi yirik sanoat va iste’molchilar

Birinchi guruhdagi iste’molchilar – sanoatning asosiy energiyaga talabgor tarmoqlari (pul, alyuminiy eritish, kimyoviy moddalar, sement, qoђoz ishlab chiqarish va hokazolar) qat’iy xalqaro raqobat sharoitlarida, ular energiyadan samarali foydalanishni ta’minlovchi texnologik jarayonlardan foydalanibgina tirik qolishi mumkin bo‘lgan. Ushbu tarmoqlarda shu ishga undovchi sabablar paydo bo‘lgan va energiyadan samarali foydalanish dasturini amalga oshirish uchun ularning asosiy vositalari bo‘lgan. SHunga qaramay, takomillashtirish jarayonini tezlashtirish va milliy nominatsiyalarning raqobat bardoshligini oshirish uchun ular xukumat tomonidan qo‘llab quvvatlangan.

Boshqa sohalarda, shu qatorda qolgan sanoat tarmoqlarida energiya ta’minoti bilan boђliq chiqimlar unchalik katta emas, shu sababli ushbu iste’molchilarni zudlik bilan harakat qilishga majbur qilish uchun hojat yo‘q.

Agar o’sha narxda iste’molchi to‘lashga qodir bo‘lganda edi, unda ehtimol iste’molchining kamayishi ro‘y bergan bo‘lar edi, bunda xizmatlar soni kam berilgan yoki ishlab chiqarishni boshqa xil kam energiya sarf bo‘ladigan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan edi. Iste’molchilarning ushbu guruhiga tegishli mablaђlar berish va raђbatlantiruvchi shart – sharoitlar yaratish zarur bo‘lar edi.

Keng doirada ochiq mablaђlashtirish dasturlari, iste’molchilar xulqini shakllantiruvchi va ularni energiya tejovchi texnologiya va uskunalar tatbiq qilishga chorlovchi hukumat miqyosidagi kelishilgan harakatlar amalga oshirilgan edi.




Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin