Ma’ruza №1 Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari reja



Yüklə 116,4 Kb.
səhifə21/52
tarix21.10.2023
ölçüsü116,4 Kb.
#159206
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
JMN maruza matni 2-kurs

Gigienik omillar
Jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tamoyilini hayotga singdirish uchun jismoniy mashg‘ulot inson hayot faoliyatining uzviy qismi bo‘lib qolishi kerak. Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi tadbirlarini o‘z ichiga olib, mehnat gigienasi, ovkatlanish, damolish va tashqi muhit ning faktorlari va boshqalardan jismoniy mashqlarni bajarish (dars, mashq qilish, trenirovka) mashg‘ulotlari gigienik talab va normalarga rioya qilishni takazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, samaradorligini oshirishi ilmiy, amaliy jixatdan isbotlangan.O‘ziga xos vositalar sifatida gigienik omillar jismoniy tarbiyaning to‘laqonli vazifalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Pedagogik jarayon qanchalik yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lmasin, mashg‘ulotlar sanitariyaga zid sharoitlarda o‘tkazilsa, uyqu va ovqatlanish tartibi buzilsa, u kutilgan samarani bermaydi. Mana shuning uchun maktablardagi jismoniy madaniyat dasturlariga gigienaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy ma’lumotlar uchun mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy madaniyat jarayonidan gashkaridagi insonning hayotiy faoliyatini tashqillovchi va jismoniy madaniyat jarayoni tarkibidagi vositalardir.
Gigienik omillar shartli tarzda ikki guruhga bo‘lingan:
1. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda, mashg‘ulotlarning to‘laqonli o‘tishi uchun shart-sharoit bilan ta’minlovchi vositalar: mehnatning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi me’yori, o‘qish, turmush, dam olish, ovqatlanish vositalari;
2. Jismoniy tarbiya jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan vositalar: gigienik me’yorlar bilan muvofiqlikda dam olish va yuklamalarning optimal tartibi, tashqi sharoitlar yaratish (havoning tozaligi, yetarlicha yorug‘lik darajasi va boshqalar).
Gigienik omillar mehnat, dam olish, ovqatlanish, tevarak-atrofdagi muhitning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi tadbirlaridan iboratdir.
Jismoniy tarbiya uchun zarur bo‘lgan gigienik sharoitlarni ta’minlashda moddiy-texnik baza, sport jihozlari, asbob-anjomlar va kiyim-kechakning qanday ahvolda ekanligi katta ahamiyatga egadir.
Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi talablarini o‘z ichiga olib, mehnat gigienasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muhitning zararli omillari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish mashg‘ulotlarida gigienik talab va me’yorlarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, samaradorligini oshirishini ilmiy, amaliy jihatdan isbotlangan.
Jismoniy mashqlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni muntazam ravishda tartibli qo‘llash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Gigienik sharoitni etarli darajada ta’minlash jismoniy madaniyat uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jixozlar va mavjud kiyim - boshning holatiga bog‘liq.
Jismoniy mashqlar, tabiatning Sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni ratsional qullash inson salomatligini mustahkam laydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari inson hayotiy faoliyatining organik qismiiga aylansagina jismoniy madaniyat tizimining Sog‘lomlashtirilishiga yunaltrilgan prinsipni amalga oshirishning imkoni bo‘ladi. Boshqa tomondan, kerak bo‘lgan gigienik normalarga rioya kilinsagina jismoniy mashqlar kerak bo‘lgan samarasini beradi. Jismoniy madaniyatning maxsus vositasi hisoblanmasa xam gigienik omil lar jismoniy madaniyatning vazifasini tulakonli xal qilish uchun ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 116,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin