Ma’ruza №1 Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari reja


Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) prinsipi



Yüklə 116,4 Kb.
səhifə34/52
tarix21.10.2023
ölçüsü116,4 Kb.
#159206
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
JMN maruza matni 2-kurs

Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) prinsipi
Jismoniy tarbiya jarayonining ushbu prinsipi mashg‘u-lotlarda shug‘ullanuvchilarga qo‘yilayotgan talablarning umumiy tendensiyasini ifodalab, yangi, qiyin vazifalarni tanlash, qo‘llash, bajarishni, asta-sekinlik bilan unga bog‘liq bo‘lgan nagruzkalarninghajmi va intensivligini oshirishni meoyoriga eotiborni o‘z ichiga oladi.
Nagruzkalarning oshirishning umumiy tendensiyasi bilan vazifalarni yangilash zaruriyatining doyimiyligi.
Jismoniy tarbiya jarayoni, mashg‘ulotdan-mashg‘ulotga, bir etapdan-boshqa etapga uzluksiz o‘zgarib boradi. Xarakterli belgilari: mashqlar murakkabligini, ular taosirini darajasi davomiyligining o‘zgaruvchanligidir.
Jismoniy tarbiya jarayonidaharakat faoliyatlarining bir shakldan ikkinchi shakliga aylanishi aytarli darajada qiyin bo‘lib, birinchi navbatda maolumot berish vazifalarinihal qilishdek zaruriyat bor. Tabiyki, mashqni yangilamay turib,hayot uchun a’amiyati zaruriyharakat malakalari va ko‘nikma-larini yuzaga keltirish qiyin. Bu keyinchalik takomillash-tirishning shartigaham aylanishi mumkin, chunki mashq qancha yangilansa,harakat malakasi va bajara bilish za’irasi shuncha kengayadi, shu sababliharakat faoliyatlarini yangi shaklini o‘zlashtirish, egallash, oldin egallangan malaka va ko‘nikma-larni takomillashtirish osonlashadi. YAnaham a’amiyatlisi, turli xilharakat koordinatsiyalarini o‘zlashtirish jarayoni natijasida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni engish (‘arakat vazifalari)nihal qilishda, o‘z-o‘zidan mashqlarni koordina-siyalash qobiliyati rivojlanadi va ularni takomillashtirish-ning bepoyon ufqlari ochiladi.
Jismoniy tarbiya jarayonidaharakat faoliyatlarining shakllarini qiyinlashtirish jismoniy nagruzkaning barcha komponentlarini oshib borishi bilan kuzatiladi. Bu o‘z nav-batida quyidagi jismoniy sifatlar: kuch, tezkorlik, chidam-lilikni rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy mashqlar taosiridan organizmda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar darajasi (maolum darajadagi fiziologik chegarada) nagruzka-larninghajmi va intensivligiga proporsionaldir. Lozim bo‘lgan barcha shartlarga rioya qilinsa, nagruzka meoyoridan, yangi toliqish chegarasi boshlanadigan joydan oshirib yuborilmasa uning meoyori qancha yuqori bo‘lsa, organizmdagi adaptatsiya davri shunchalar a’amiyatli va pishiq bo‘ladi; nagruzka qanchalik intensiv, tiklanish va “yuqori tiklanish” jarayoni shunchalik baquvvat bo‘ladi. Bu muskullarning energiya resurslarini tiklanishi misolida tajribada isbotlangan.
Organizmning javob reaksiyasi bir xil nagruzkalarga o‘zgarmas bo‘lib qolavermaydi. CHunki nagruzkaga moslashgan sari undan organizmda sodir bo‘ladigan biologik o‘zgarishlar eski-radi, tashqi ish birligiga sarflangan energiya ozayadi, o‘pka ventilyasiyasi, yurakning minutli urish chastotasi va qon bosimi kamayadi: qon tarkibidagi bioximik va morfologik o‘zgarishlar sezilmas darajaga borib qoladi. Fiziologik nuqtai nazaridan “funksiyani tejamlashtirish” sodir bo‘ladi. Orga-nizm funksional imkoniyatining o‘zgarmas ishlariga moslashi-shining ortishi natijasida shu ishni bajarishda energiya sarflashni iqtisod qilish, qisman zo‘riqish bilan bajarishga olib keladi. Nagruzkalarga biologik moslanishning maonosi anashulardan iboratdir. Bu jismoniy tarbiya jarayonining etakchi qonuniyatlaridan biridir.
Demak, biologik moslanish sodir bo‘lmasa, organizmdagi o‘zgarish, yaoniharakat sifatlarning rivojlanishi, o‘sish to‘xtaydi. Bu nagruzkani tizimli o‘zgartirib, uninghajmi va intensivligini oshirib borish talabini qo‘yadi.
Amaliyot bu qonuniyatning jismoniy tarbiya jarayonida ru’iy sifatlarniham tarbiyalashga taoluqli ekanligini ko‘rsa-tadi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishdek ru’iy sifatlar, shu sifatni talab qiluvchi faoliyatlarni bajarish orqali rivojlantiriladi. Ru’iy sifatlarni namoyon qilish darajasi psixologik qiyinchiliklarning o‘lchoviga bog‘liq. SHunga ko‘ra, ru’iyholatini tarbiyalash maxsus jismoniy yuklamalar va topshiriqlarni asta-sekinlik bilan oshirib borish orqali tarbiyalanadi.

Yüklə 116,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin