2. Jismoniy madaniyat nazariyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Jismoniy tarbiya - bu insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, asosan ikki yoqlamalik jarayonga asoslangandir.
Jismoniy madaniyat jarayonida aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan bog‘liqdir.
Jismoniy madaniyat nazariyasining g‘oyaviy asosi shaxs haqidagi falsafiy ta’limot hisoblanadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy - tabiiy asosi anatomiya, fiziologiya, gigiena, bioximiya, biomexanika, biologiya va boshqashu kabi tabiiy fanlar majmuasidan tarkib topgandir. Tabiiy fanlar sohasida erishgan yangi yutuqlar jismoniy tarbiya nazariyasi tomonidan jismoniy mashqlarni o‘rgatish usullari, vositalarini tanlashni asoslash, qo‘yilgan vazifalarni hal etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Biomexanika harakat texnikasini tadqiqot qila borib, uni bajarilishni baholashga, hatoliklarni bartaraf etish yo‘llarini belgilashga hamda harakat malakalarini shakllantirishda eng yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi.
Bioximiya tomonidan jismoniy mashqlar bajarilish ta’sirida kishi organizmida, jumladan, muskullarda bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlarni o‘rganish natijasida olgan ma’lumotlar mashg‘ulotlarni o‘tkazishda uning metodikasini takomillashtirishga yordam beradi.
Tabiiy fanlar asosida erishilgan yangiliklar jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy mashqlarga o‘rgatishning vosita va usullarini tanlash uchun, mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi pedagogik ta’limlar tizimi tarkibiga kiradi psixiologiya, pedagogika, sportning gimnastika, yengil atleka, sport o‘yinlari, suzish va boshqalar kabi ayrim turlari jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bilan chambarchas bog‘langan, jismoniy mashqlarga o‘rgatishning usullariga tayanadi.
Harakatga o‘rgatish masalalarini ishlab chiqishda jismoniy tarbiya nazariyasi o‘rgatishning umumiy didaktik, tamoyillari va metodlariga, aqliy, axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa tarbiyalar metodlariga tayanadi.