Ma’ruza №1 Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari reja


Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya



Yüklə 116,4 Kb.
səhifə6/52
tarix21.10.2023
ölçüsü116,4 Kb.
#159206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
JMN maruza matni 2-kurs

Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya
Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiyaning ham alohida vazifalari hal qilinadi va yo’lga qo’yiladi:
1. Muomila estetikasini tarbiyalash. Gimnastika, sport, wyinlar, turizm, yuqorida bayon etilganidek, insonning barcha xususiy tomonlarini namoyon qiladi. Sportchilarning yurish-turishi sport hayotiy jarayoni va undan tashqarida havas qilgudekdir. Chunki uning asosida sharq xalqlari axloq normalari yotadi. Yomon muomala estetikaga zid deb baho beriladi.
2. İnson gavdasining kwrinishi, shakli-shamoyilini ta`minlanadi. Jismonan garmonik rivojlangan odam gavdasining chiroyliligi, sog’likning hayotiy qobiliyatlarining yaxshiligi belgisidir. Chernishevskiy: «inson go’zalligi haqida gapirar ekanmiz, uning tarkibiy qismi shuni belgilaydiki, bizda u ajoyib taassurot qoldiradi. Unda hayot namoyon bo’ladi, biz uni tushunamiz», - degan edi.
V.V. Gorinevskiy esa: «go’zallik baxtga qarshi sog’lik bilan qarama-qarshilikda emas, nosog’lik esa, aksincha, normadan chetga chiqiboq, go’zallik tushunchasini buzadi», - degan edi.
3. Go’zallikni qabul qila bilish qobiliyatini, sport texnikasi, harakatlar nafisligi ifodasida yashirin go’zallikni his qila olishni tarbiyalash yotadi. Harakat texnikasi go’zallik, harakat nafosati, uning mazmunini ifodalashning o’zi ham go’zal.
Jismoniy tarbiya jarayonida foydalanilayotgan harakat faoliyati bir-biriga wxshash emas. Lekin ularning har biri yugurishning chiroyliligi, balandlikka sakrash, rekord og’irlikni kwtarishi texnikasi, gimnastika snaryadlarida «ishlash mahorati»-hammasi go’zal.
Futbol maydonidagi wyinga qarab baho berish: «chiroyli wyin bwldi», «wyin juda qiziqarli chiqdi», «jamoa hujum paytida to’p bilan muomala sanoatining yuqoriligini chiroyli namoyish qildi» deb va hokazolar.
Sportdagi harakat go’zalligini tushunish tomoshabin yoki shug’llanuvchiga huzur bahsh etadi. Sport kurashida go’zallikni, chiroylilikni kwra olsak, bu bizning estetik didimizni, saviyamizni darajasini kwrsatadi.
Boks estetik sport turi emas, deb baho beradilar. Bu mulohaza to’g’rimi? Yuqori texnik tayyorgarlikka ega bo’lgan bokschilar harakati olam-olam zavq beradi. Qolaversa ruhiy, axloqiy, jismoniy sifatlarni rivojlantiradi, namoyon qiladi. Yaxshi bokschi mard, irodali, botir bwlishi amaliyotdan aniq. Did bilan tushunib, tomosha qila olishni o’zi estetik zavq beradi, uni tarbiyalaydi. Takomillashgan harakat texnikasi, avtomatizm darajasidagi harakat kwnikmasiga ega bo’lgan sportchi yoki fizkul`turachilar harakat faoliyatini erkin, ravon, keraksiz kuch sarflashlarsiz, keraksiz harakatlarsiz bajaradilar.



Yüklə 116,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin