Mavzu: Konchilik qurilmalarini elektr yuritmalari avtomatlashtirishning tarixi va rivojlanish tendensiyalari.
1.Avtomatlashtirish va boshqaruvda ishlatiladigan avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalar tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
2.Ishlab chiqarishda elektromexanika sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiy muammolar va fan, texnika va texnologiya yutuqlari.
3.Elektr yuritmaning harakat tenglamasi va elektr yuritmaning turg‘un harakati
1. Fanning ishlab chiqarishdagi о‘rni
1. Fanning ishlab chiqarishdagi о‘rni
Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirishda avtomatlatirilgan elektromexanik sistemalarning axamiyati kattadir. Ular yordamida asosiy va yordamchi texnologik operatsiyalarni avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalar yordamida amalga oshirish alohida axamiyat kasb etadi.
Xozirgi vaqtda keng qо‘llanilayotgan moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalarida ishlatilayotgan turli xil robotlar va robototexnik sistemalarda ishlatiladigan elektromexanik sistemalar nihoyatda muhim rol о‘ynaydi.
2. О‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni о‘qitishdan maqsad – talabalarda elektromexanik sistemalarning strukturasi, ularning elementlari, asosiy xarakteristikalari va elektr yuritmalarning vazifasi va ularga qо‘yiladigan talablar asosida elektromexanik sistema turini, uning strukturaviy tuzilishini, hamda mavjud sistemalarning kamchiliklarini va ishlash prinsiplarini taxdil qilish kо‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga elektr mashinalarning xarakteristikalarini va ulash sxemalarini; elektr yuritmalarning asosiy turlarini, ularning afsazllik va kamchiliklarini; elektromexanik sistemalarnish asosiy xarakteristikalarini va parametrlarini о‘rgatishdan iborat.
Elektr yuritmalar rivojlanish tarixi va uning zamonaviy texnologiyalardagi roli
Elektr yuritmlar tarixiy rovojlanishi rus akademiki B.S. Yakobi ishlab chikkan aylanuvchi xarakatlanadigan uzgarmas tok motoridan boshlanadi. Bu motor kichik katerga urnatilib Neva daryosida sinov utkazildi.
Elektr yuritmlarni rivojlanishiga kuchli impuls 1889 yilda M.O. Dolivo-Dobrovolskiy ishlab chikaan uch fazali asinxron elektr dvigateli buldi.