Ma'ruza №1 Paskal tilining umumiy tavsifi


XULOSA Shuni eslatib o’tish lozimki,dastur



Yüklə 64 Kb.
səhifə4/4
tarix30.01.2023
ölçüsü64 Kb.
#81754
1   2   3   4
Kgjlglcg

XULOSA
Shuni eslatib o’tish lozimki,dastur bu – masalani yechish jarayonini ifodalovchi, ma'lum bir tilda ifodalangan, algoritm bo’lib, EHM bajaruvchi vosita hisoblanadi. Paskal tilida yozilgan dastur to’gridan-to’gri EHMga emas, balki biror bajaruvchiga muljallanki, unda qanday toifadagi qiymatlar bilan ishlay olishi va qo’shimcha ko’rsatmalarsiz qanday amallarni bajara olishi belgilab bo’lishi kerak.
U yoki bu masalani yechish uchun kattaliklar ustida bajarilishi kerak bo’lgan amallarni ko’rsatish uchun algoritmik tilda operator tushunchasi xizmat qiladi.Dasturdagi har bir operator ma'lumotlarga ishlov berishning mustaqil, mantikan tugallangan bosqichini ifodalaydi. Paskalda operatorning 8 ta turi ko’zda tutilgan. Har qanday masalani yechish (bu berilgan ma'lum kattaliklardan) aniq qoidalar buyicha, berilgan kattaliklardan boshqa kattaliklarni keltirib chiqarish jarayonidan iboratdir. Yangi kattaliklarni hosil qilish qoidasi Paskalda ifodalar orqali beriladi. Oddiy hollarda masalaning yechimini bitta formula yordamida ko’rsatish mumkin.Masalan, to’gri burchakli uchburchakni berilgan a va v katetlar uzunligi yordamida gipotenuza uzunligini topish uchun formula yordamida hisoblash o’tkazish kifoya. Mana shunday, berilgan ifodaga karab, yangi qiymatni hisoblash kidasini berish uchun paskal operatorlaridan biri – o’zlashtirish operatori ishlatiladi. Bunda berilgan formula buyicha hisoblangan qiymat biror o’zgaruvchiga beriladi. Dastur tuzish jarayonida faqatgina o’zlashtirish operatorlari bilan chegaralanishning iloji yo’q. Dasturda hisoblashlarning barcha yo’llari kuzda to’tilgan bo’lishi va qanday hollarda u yoki bu hisoblash yo’li tanlanishi kerakligi haqida axborot berilishi zarur.Hisoblash jarayonlarini tashkil etish uchun tanlash operatorlari va o’tish operatorlari ko’zda tutilgan.


Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin