Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiyalarning asosiy tushunchalari reja


Internet Explorer, Firefox Mozilla, Netscape Navigator, Opera, Google Chrome



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə5/7
tarix22.12.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#189702
1   2   3   4   5   6   7
Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiya

Internet Explorer, Firefox Mozilla, Netscape Navigator, Opera, Google Chrome.
Web browser inglizcha so‘z bo‘lib, “web ni ko‘zdan kechiruvchi”, “ web ni ko‘rib chiquvchi ” ma’nolarini anglatadi. Bizga bu so‘z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida esa “brauzer” kabi aytilishini hisobga olib biz ham brauzer so‘zini ishlatamiz.
Web browser butun jahon to‘rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko‘rsatish, sahifalararo o‘tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Web browser biror sahifani yuklash va sahifaga ma’lumotlar yuborish uchun HTTP protokolidan foydalanadi. Ko‘pchilik brauzerlar FTP protokoli bo‘yicha ham ishlaydi va fayllar ro‘yhatini sahifa ko‘rinishida chop etadi.
Web browser Web sahifani siz uchun qulay ko‘rinishda chop etadi. Ma’lum qoidalar asosida rasmlarni, matnlarni, ovoz yoki video ma’lumotlarni, turli animatsiyalarni mos ravishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma’lumotlarni kerak joyga jo‘natish, boshqa sahifaga o‘tish, JavaScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Kompyuterni Internet tarmog‘iga ulaganimizdan keyin albatta Internetda biz biror bir axborotni ko‘rishga intilamiz. Internet tarmog‘ida ma’lumot asosan Web-sahifa (sayt) shaklida tasvirlanadi. Bunday Web-sahifalarni ko‘rish uchun maxsus «brauzer» dasturlari ishlab chiqilgan. Ular yordamida Web-sahifani ko‘rish, saqlash, chop etish va boshqa bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin.
Hozirgi kunda bunday dastur turlari juda ko‘p. Bular orasida keng tarqalgani Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator dasturlaridir. Birinchi dastur tekinga berilsa, ikkinchisi tijorat shaklida (pulli) tarqatiladigan dasturdir.
Ular asosan bitta yoki bir nechta Web-sahifani ochish, undagi ma’lumotni tasvirlash kabi amallarni bajaradi. Web-sahifani ochish uchun uning URL-adresini kiritish kerak bo‘ladi. URL-adres odatda quyidagi shaklga ega bo‘ladi:
www.gov.uz
www.uzedu.uz

Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin