Ma`ruza №11-12 suyuqliklarning qovushqoqligini o`lchash



Yüklə 331,44 Kb.
səhifə4/7
tarix17.03.2023
ölçüsü331,44 Kb.
#88463
1   2   3   4   5   6   7
Ma`ruza №11-12 suyuqliklarning qovushqoqligini o`lchash

Zoldirli viskozimetrlar
SHarikli viskozimetrlar suyuqliklarning qovushoqligini o`lchashda keng ishlatiladi.
Qovushoqlikni erkin tushuvchi jism usuli bilan o`lchash Stoks qonuniga asoslangan. Bu qonunga muvofiq erkin tushuv
chi jismning suyuqlikdagi tezligi shu suyuqlik qovushoqligi bilan bog`langan. Bu bog`lanish quyidagicha ifodalanadi:




K ,
(12 )g r 2
v
(8.10)

bu erda ρ1 va ρ2 - sharik materialining va suyuqlikning zichliklari, kg/m3; g - og`irlik kuchining tezlanishi, m/s2; r- sharikning radiusi, m; v - sharikning bir me`yorda tushishi tezligi, m/s; K-qabul qilingan o`lchovga bog`liq bo`lgan sonli doimiy koeffitsient.

Stokc qonuni bir jinsli suyuqlikning mutlaqo sferik sharikka nisbatan laminar harakatida ishlatilishi mumkin (8.10) formuladan ma`lumki, tekshirilayotgan suyuklikning qovushoqligini o`lchash suyuqlikdagi sharikning tushish tezligini yoki sharikning belgilangan masofadan o`tish vaqtini o`lchashdan iborat. Qovushoqlikning sharik tushish vaqtiga bog`liqligi quyidagicha ifodalanadi:
  K , (8.11)
bu erda K - asbob doimiysi, Pa; τ -sharikning belgilangan masofadan o`tish vaqti, s.




8.7-rasm. Erkin tushuvchi sharchali avtomatik viskozimetrning printsipial sxemasi

Qovushoqlikni sharchaning erkin tushish vaqti bo`yicha aniqlaydigan avtomat qurilmaning printsipial sxemasi 8.7-rasmda ko`rsatilgan. Suyuqlik oqimi sharik
1 ni boshlang`ich holyatga shesternyali nasos 2 yordamida ko`taradi. Bu shesternyali nasos elektr dvigateli 3 ga ega. SHarikni ko`tarish bilan birga nasos suyuqlikdan namuna olib, uni sinaydi. SHarik yuqorigi cheklovchi to`rga etgach, nasos to`xtaydi, sharik harakatsiz muhitda erkin pastga
tushadi.

Induktsion g`altaklar 7 orkali sharikning belgilangan yo`l l dan o`tish vaqti hisoblanadi. SHarikning induktsion g`altaklardan o`tishida nomuvozanatlik signallari hosil bo`ladi va bu signal elektron kuchaytirgich 6 orqali kuchaytiriladi. SHesternyali nasosning avtomatik pavishda ulanishi va vaqtning hisoblanishi rele bloki 4 va o`lchash asbobi 5 yordamida bajariladi.
Asbobning o`lchash chegaralari induktsion g`altaklar orasidagi masofa l va sharcha diametrining o`zgarishi bilan tanlanadi.
Bunday asboblarda 100 Pa s diapazondagi suyuqlik qovushoqligini o`lchash mumkin. Asboblarning o`lchash aniqligi ±2%.



Yüklə 331,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin