5-Laboratoriya ishi Electronics Workbenche dasturida kuchaytirgich sxemalarini yig`ish va o`rganish



Yüklə 157,07 Kb.
tarix29.12.2021
ölçüsü157,07 Kb.
#48997
5 (1)


5-Laboratoriya ishi

Electronics Workbenche dasturida kuchaytirgich sxemalarini yig`ish va o`rganish

Operatsion kuchaytirgich Umumiy ma’lumotlar. Operatsion kuchaytirgich (OK) – bu kuchlanish bo’yicha yuqori kuchaytirish koeffitsienti (10 4÷106 107 Om) va kichik chiqish), yuqori kirish (104 (0,1÷1 kOm) qarshiliklariga ega bo’lgan o’zgarmas tok kuchaytirgichi. OK ikkita kirish va bitta chiqishga ega. CHiqish va kirishdagi signallarning qutbiga ko’ra kirishlarning biri inverslaydigan (“-” ishorasi bilan belgilanadi), ikkinchisi – inverslamaydigan (“+”ishorasi bilan belgilanadi) deb ataladi. OKning shartli belgisi 1 a, b - rasmda keltirilgan. Manba qiymatlari bir – biriga teng, lekin umumiy shinaga nisbatan ishoralari teskari bo’lgan ikkita manbadan ta’minlanadi. Bu bilan kirish signali mavjud bo’lmaganda chiqishda nolь potentsial ta’minlanadi va chiqishda ham musbat, ham manfiy signal olish imkoniyati yuzaga keladi. Real OKlarda kuchlanish manbai qiymati ±3 V ÷ ±18 V oralig’ida yotadi. Signal umumiy shinaga ulangan simmetrik signal manbaidan 1 va 2 kirishlarga, yoki ikkita alohida manbalardan uzatilishi mumkin. Bu kirishlardan biri inverslaydigan kirish va umumiy shinaga, ikkinchisi esa – inverslamaydigan kirish va umumiy shinaga ulanadi.



OK doim teskari aloqa zanjirlari bilan qamrab olingan bo’ladi. Teskari aloqa zanjiri turiga ko’ra OK analog signallar ustidan turli amallarni (operatsiyalarni) bajarishi mumkin. Bunday amallarga yig’indi olish, integrallash, differentsiallash, solishtirish, logarifmlash va boshqalar kiradi. SHuning uchun bunday kuchaytirgichlar – operatsion deb ataladi. Operatsion kuchaytirgich (OK) kuchlanish bo’yicha sezilarli katta kuchaytirish koeffitsientini to’g’ridan-to’g’ri kuchaytirish ko’p kaskadli o’zgarmas tok kuchaytirgich hisoblanadi. OKning avfzalliklari OKga nisbatan turli funktsional qurilmalarning ko’rsatkichlari faqat OK tarkibiga kiritilgan va Ok ning o’ziga bog’liq bo’lmagan teskari aloqa zanjirlari elementlari parametrlari orqali aniqlanishidir. Dastlab OK analog hisoblash mashinalarida qo’shish, ayirish, masshtablash, differentsiyalash va boshqa matematik amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Zamonaviy OKlar sxemotexnik bajarilishi, parametrlari va qo’llanish maqsadi bo’yicha ajratiladi. Sxemotexnik bajarilishi bo’yicha kuchaytirgichlar differentsial va invers kirishlarli OKlarga bo’linadi, bunda OKlar signallarni ham qayta o’zgartirishli, ham qayta o’zgartirishsiz bo’lishi mumkin. OKda signallarni qayta o’zgartirish turli modulyatsiya turlari (bir karrali, ikki karrali, boshqaruvchi generatorlar orqali) yordamida amalga oshiriladi. OKning barcha pamametrlari bir necha sinflarga bo’linadi va har bir OK turi faqat bir sinfga taaluqli bo’lgan parametrlarga ega bo’ladi, ya’ni OKlar mavjud parametrlari orqali maxsuslashtirilgan. Qo’llanilish sohalari bo’yicha OKlar umumiy qo’llaniladigan, maxsus, pretsizion, o’lchash, tezkor, keng oraliqli va boshqa turlarga ajratiladi. Integral OKlar ham kuchlanish orqali boshqariladigan stabil kuchlanish va o’zgarmas tok manbalari sifatida, ham kuchlanish qaytargichlari sifatida qo’llaniladi. Ular asosida turli integratorlar, differentsiatorlar va summatorlar quriladi. Ko’paytirish, bo’lish, logorifmlash, antilogorifmlash, ayirish sxemalari ham integral OKlar asosida quriladi. Turli funktsional o’zgartirgichlar, signallarni siqish sxemalari, turli detektorlar, komparatorlar, garmonik va relaksatsion generatorlar, giratorlar, aktiv filьtrlar integral OKlar asosida bajariladi. Elektron apparaturani integral asosida qurishda integral OKlar xossalaridan samarali foydalanish uchun ularning ichki tuzilishini, parametrlarini va xarakteristikalarini bilish zarur bo’ladi.




Yüklə 157,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin