Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti f-1906 guruh talabasi Ibodullayev Akmal ning “Polimerlarning muvozanatlanish va relaksatsion tavsiflari” mavzusida tayyorlagan taqdimoti
1906-guruh talabasi Xalimov Boburning Polimerlar fizikasi fanidan “Polimerlarning muvozanatlanish va relaksatsion tavsiflari” mavzusida tayyorlagan taqdimoti.
Polimerlar holati va harakatini o’rganishda hamma vaqt ular uchun ikkita, ya’ni tajriba (kuzatish) vaqti va tizimni ichki molekulyar darajadagi o’zgarishini ifodalovchi relaksatsiya vaqti mavjudligini inobatga olish zarur hisoblanadi.
Polimer fizik holatining ixtiyoriy biror bir (S) parametri miqdorini vaqti davomida (t) susayish grafigi
KUCHLANISH RELAKSATSIYASI
Ushbu relaksatsiya miqdori doimiy deformatsiya (ε= const) paytida kuchlanishning (σ) vaqt (t) davomida o’zgarish grafigidan aniqlanadi. Bunday grafikni umumiy ko’rinishi rasmda keltirilgan. Ideal egiluvchan polimer jismlar uchun kuchlanish vaqt davomida deyarli doimiydir (rasm) va formulaga muvofiq relaksatsiya vaqti ꚍ=ꝏ dir dir. Real qattiq holatdagi polimerlar materiallar uchun bu ko’rsatgich
ꚍ = 1013 s tartibda bo’ladi
Ideal egiluvchan polimer
O’rtacha egiluvchan polimer
Kam egiluvchan polimer
Poliizobutilen qovushoq egiluvchan holatda 50 % deformatsiyon cho’zilganda ro„y beradigan kuchlanish relaksatsiyasini grafiklari
Poliizobutilen qovushoq egiluvchan holatda 50 % deformatsiyon cho’zilganda ro„y beradigan kuchlanish relaksatsiyasini grafiklari
Doimiy kuchlanish ostida polimer deformatsion o’zgarishining vaqtga bog’liqligi
Polimerga doimiy kuchlanish (σo) berilsa-yu, unda oqish jarayoni kuzatilmasa, bunday kuchlanish ma’lum muvozanatli yuqori elastik deformatsiyaga (εm) mos keladi. Tizim doimiy kuchlanishga (σo) mos keladigan muvozanatli yuqori elastik deformatsiyaga darhol erishmaydi.
rasmdan ko’rinib turibdiki, muvozanatli deformatsiya yuqori chegara bo’lib, unga real deformatsion jarayon vaqt davomida intiladi.
Amorf polimer uchun kuchlanish bo’yicha relaksatsiya grafigi
Polimerga juda katta tezlikda deformatsiyalansa va shu holatda ushlab turilsa, unda kuchlanish (σo) vujudga keladi va uning boshlang’ich miqdori muvozanatli kuchlanish (σm) miqdoridan ancha yuqori bo’ladi
Polimerga davriy kuchlanish ta’sir etganda kuchlanish va fazalar o’rtasida fazalar siljishini vujudga kelishi
Polimer namunaga o’zgaruvchan kuchlanish, masalan, sinusoidal qonun bo’yicha σ= σo sinὡt ta’sir etsa, unda ta’sir etuvchi kuchlanish (σ) ikki miqdor, ya’ni amplituda (σo) va chastota (ὡ) bilan tavsiflanadi. Shuningdek, chastota o’rniga tebranish davri (T = 2π/ὡ) qo’llanishi mumkin. Kuchlanishning davriy ravishda ta’sir etishi natijasida namuna davriy deformatsiyalanadi va o’zgarishi sinusoidal qonun bo’yicha ifodalanadi