MA`RUZA №11-12
SUYUQLIKLARNING QOVUSHQOQLIGINI O`LCHASH
Reja:
Qovushqoqlik to`g`risida umumiy tushuncha.
Kapillyar viskozimetrlar
Zoldirli viskozimetrlar.
Rotatsion qovushqoqlik o`lchash vositalari.
Vibratsion qovushqoqlik o`lchash vositalari.
Qovushqoqlik to`g`risida umumiy tushuncha
Sanoatning
bir qancha tarmoqlarida, masalan, sun`iy tolalar, sintetik smolalar,
kauchuk eritmalari, bo`yoqlar, surkov moylari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qovushqoqlik mahsulot tarkibi va sifatini aniqlovchi kattalik hisoblanadi. SHuning uchun ko`pgina hollarda qovushqoqlikni avtomatik tarzda uzluksiz o`lchab turish muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
Suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko`rsatish xususiyati
qovushqoqlik deyiladi.
Berilgan oqimda suyuqlik ikki qatlamining siljishida tangensial kuch vujudga keladi. SHu kuch Nyuton qonuniga ko`ra quyidagicha aniqlanadi:
qalinligi bo`yicha tezlik gradienti (siljish tezligi), 1/s;
v –
qatlam oqimining tezligi, m/s;
n – harakatdagi qatlam qalinligi, m.
(8.1) tenglamadan dinamik qovushqoqlikni aniqlaymiz:
SI sistemasida dinamik
kovushqoqlik birligi qilib, suyuqlik oqimining
shunday
qovushqoqligi qabul qilinganki, bu oqimda 1 N/m
2 siljish bosimi ta`sirida chiziqli tezligining gradienti siljish tekisligiga perpendikulyar bo`lgan 1 m masofada 1 m/s bo`ladi. Dinamik qovushqoqlikning bu birligi N s/m
2 yoki Pa s o`lchoviga ega.
Amalda ko`pincha dinamik qovushqoqlikning suyuqlik zichligi ρ ga bo`lgan nisbatida ifodalanuvchi kinematik qovushqoqlikdan foydalaniladi, ya`ni