Gazlarning tabiiy va majburiy harakatlanishi
1742 yilda M.V.Lomonosov birinchi marta gazlarning tabiiy harakatlanish sabalarini
oddiy va tushunarli tarzda qo‘rsatib beradi.
Qishki fasl vaqtida vertikal shaxta va gorizontal yo‘lakdan iborat konchilik ishlanmasida
havoning uzluksiz harakati strelka bilan ko‘rsatilgan. Bu harakatning sababi Erning sirtida
yig‘ilgan issiqlik Er osti konchilik ishlanmasi kiradigan tashqi havoni qizdiradi va issqlikdan
kengaytiradi.
Pechdagi gazlarning tabiiy harakati deb, shunday harakatga aytiladiki, unda yoqilg‘ining
issiqlik energiyasi hisobiga gazlar issiqlikdan qizdirilgan gaz ustunini saqlash uchun qobiq rolini
bajaradi xolos.
Tutun trubalarining H balandligi qancha yuqori bo‘lsa, sovuq va issiq ustunlar og‘irligi
farqi shuncha farqlanadi va gazlar harakati tezlashadi.
Gazlarning majburiy harakati deb, shunday harakatga aytiladiki, bu vaqtda mexanik va
elektr energiyasi sarfi natijasida ventilyator yoki tutun so‘ruvchi jihozlar D gaz trakti yo‘lida
harakatga kelib, gazlarni majburiy harakatlantiradi. Bu tutun so‘ruvchilarning ishi
natijasidagazlar pech sistemasidan huddi suv nasoslarining ish prinsipi bo‘yicha haydaladi.
Zavod sharoitida gazlarning tabiiy harakatlanishi pechlarning tabiiy tortishda ishlashi deb
nomlanadi, majuriy harakatlanish esa – sun’iy tortishda ishlash deb nomlanadi.
Nazorat savollari:
1. Gazlar harakatini nima aniqlashtiradi?
2. Gazlar mexanikasi qanday tushunchalarni qo‘llaydi?
3. Ideal suyuqlik nima?
4. Gaz mexanikasi qo‘llaydigan asosiy kattaliklar?
5. Tabiiy konveksiya nima?
Dostları ilə paylaş: |