MA’RUZA 13
MAVZU: Crocodile dasturlari imkoniyatlari bilan ishlash.
Reja:
1.
Crocodile dasturlari haqida ma’lumot
2.
Crocodile dasturlari imkoniyatlari bilan ishlash.
Zamonaviy kompyuterlardagi grafik interfeys, sodda muloqot vositalari va
boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga kompyuter bilan
qiyinchiliksiz muloqot qilish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan ta’lim jarayonida
AKTda foydalanishda pedagogik dasturiy vositalardan biri bo’lgan Yenka (Yagona
ilmiy konstruktor) dasturiy ta’minotidir. Ushbu dasturiy ta’minot Crocodile Clips
kompaniyasining virtual laboratoriyasi majmui umumiy nomi bo‘lib, fan va
texnikalarning turli sohalaridagi jarayonlar va hodisalarni modellashtirish uchun
mukammal uskunaviy vositadir. Uning tarkibiga kiruvchi Crocodile Physics,
Crocodile Technology, Crocodile Mathematics, Crocodile Chemistry va Crocodile
ICT dasturlari to‘g’risida to‘xtalib o‘tamiz.
Crocodile Physics dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning
mexanika, elektr zanjirlar, optika va to‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid tajribalar
yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Fizik laboratoriya ikki qismdan
iborat: elektrlash va magnetizm, optika va to‘lqinlar. Bu dastur fizik hodisalarni
kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni
modellashtirish imkoniyatini beradi. Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari: fizik
hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur bo‘lib, 50 dan ortiq qadamma - qadam
o‘rgatuvchi darslar, 150 dan ortiq fizikaning bo‘limlariga oid tayyor modellar va fizik
jarayonlarni kompyuterda modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeysga
ega. Yer sharoitida o‘tkazish qiyin bo‘lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish,
tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan
hisoblash imkoniyati, fizik hodisada qatnashayotgan fizik kattaliklar o‘rtasidagi
grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash hamda qog‘ozga chop
etish mumkin.
Crocodile Technology dasturidan barcha ta’lim muassasalarida “Elektr”,
“Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlaridan
qo‘shimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin. Dastur
elektron konstruktor bo‘lib, u monitor ekranida elektr tuzilmalarini yig‘ish jarayonini
xuddi haqiqiy tajribadagi singari imitatsiya qilish, elektr kattaliklarni multimetrda (uch
o‘lchovli), ampermetr va voltmetrlarda o‘lchash imkoniyatini beradi. Dastur
imkoniyatlari juda keng bo‘lib, undan amaliy mashg‘ulotlarda (ya’ni masalalar
yechishda) ayniqsa, virtual laboratoriya ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.
Crocodile Mathematics dasturi matematik modellarning 3D (uch o‘lchovli)
shakllari bilan tajribalarda ishlab, statistika, ehtimollik, geometriya va koordinatalar
haqida bilimlarni egallashga yordam beradi. Bu namoyishlarning egiluvchan uskunasi
kabi qo‘llaniladi. Masalan, oq doska. Foydalanuvchilar qo‘shimcha holda Yenka
dasturini bevosita qo‘llab o‘qishi, uch o‘lchovli fazoda tajriba o‘tkazishi mumkin
bo‘ladi. O‘qituvchi o‘z darsida qo‘llashi uchun keng qamrovli tayyor dars va mashqlar
ham mavjud. Boshlovchilar uchun dasturdan foydalanishni o‘rgatuvchi video kurslar
tavsiya etilgan.
Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleyev davriy jadvalida mavjud barcha
elementlarning kimyoviy va fizik xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Bu dasturda
kimyoviy moddalarning o‘zaro reaktsiyaga kirishish jarayonida molekulalarning
dinamikasini kuzatish va kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaksiyalarni
o‘tkazishda reaktivlarning rangi, moddalar ulushini, kimyoviy reaktsiya formulalarni
maxsus oynada ko‘rish imkoniyati mavjud.
Crocodile ICT dasturi – bu dastur yordamida informatika fanida dasturlash
jarayonini, aniqroq qilib aytganda algoritmlash bo‘limini o‘quvchiga aniqroq yetkazib
berish mumkin. Ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l keladigan
Crocodile ICT ning oddiy interfeysi va blok sxemalari yordamida yaratilayotgan dastur
orqali har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Crocodile ICT o‘zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida o‘qituvchi va
o‘quvchilar bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi. Crocodile ICT dasturi
matematik
va fizik
jarayonlarni
modellashtirish
chiziqli,
tarmoqlanuvchi,
takrorlanuvchi va proseduralarni o‘rganish kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir.
Bu dastur algoritmning blok sxemalarni o‘rganish kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli
murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu
dastur Crocodile ClipsLtd tomonidan 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda.
Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini
tashkillashtirishda keng foydalansa bo‘ladi. Dastur dasturlash faning barcha bo‘limlari
bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
1-virtual tajriba. Misol funksiya bajarilish va sikl orqali ko‘rsatilgan bu erda qiz
yoki o‘g‘il bolaning raqs orqali keltiriladi raqslarni turli ko‘rishigga keltirish
qiymatlarni turli berish bilan bir xil. Start boshlandi qiz bir marta raqs tushadi va siklga
o‘tiladi bunda bajarilish 4 marta takrorlanadi. Buning uchun berilgan qiymatlar quyida
keltirilgan.
Tajriba davomida kuzatiladiki, sharchaga ta’sir etuvchi kuchlar vaqtning har bir
paytida ikkita kuchning o‘zaro qiymatlaridagi o‘zgarishlar ta’sirida ro‘y beradi.
Sharcha pastga xarakatlanayotganda og‘irlik kuchining ta’siri kamayib, elastiklik
kuchining ta’siri ortib boradi, aksincha sharcha yuqoriga harakatlanganda elastiklik
kuchining ta’siri kamayib og‘irlik kuchining ta’siri ortib boradi. Dasturning o‘ziga xos
xususiyatlari: dasturlashning algoritm (blok sxemalarni) hodisalarni namoyish etuvchi
optimal dastur, qadamma-qadam o‘rgatuvchi darslar,algoritm bo‘limlariga oid tayyor
modellar, matematik va fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati,
mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, tajribalarni amalga
oshirish va kuzatish, dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan
qiymatini juda yaxshi aniqliq bilan hisoblash imkoniyatini beradi va grafikli
bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog‘ozga chop etish
mumkin.
Bu dasturdan o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, akademik listey, kollej
talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o’qituvchilari “chiziqli”,
“takrorlanuvchi” , “tarmoqlanuvchi”, “murakkab prosedura” dasturlash fanlarida
qo‘shimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin. Bu
dastur, kasbi kim bo‘lishidan qat’iy nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr
yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o‘rgatadi. Dastur imkoniyatlari juda keng
bo‘lib, undan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarda (ya’ni masalalar echishda) ayniqsa,
virtual tajriba ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi vaqtda mamlakatimiz ta’lim tizimida sodir
bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning yangi voqeliklari bilan bog‘liq
o‘zgarishlar ta’lim muassasalari pedagoglarini an’anaviy o‘qitish doirasidan tashqariga
chiqishga hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashishlarni topish yo‘llari haqida
o‘ylashga majbur qiladi. Ushbu ro‘y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta’lim
muassasasida o‘quv jarayoni metodik ta’minotini rivojlantirishni talab etadi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik
innovatsiyalarning asosiy manbai bo‘lib qoladi.
Nazorat savollari:
1. Crocodile dasturlari haqida ma’lumot bering.
2. Crocodile dasturlari imkoniyatlari bilan ishlashni tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |