Ma`ruza 13 rdb tokarlik dastgohlarining tuzilishi va asosiy qism-fayllar.org
Qirqish tezligi. Tanlangan qirqish qalinligi va surishda shunday qirqish tezligi olinadiki, u asboblarning optimal bardoshliligini ta’minlashi kerak. Ma’lumki, qirqishda oldingi va orqa yuzalar bo‘yicha yemirilish farqlanadi. Ko‘pchilik holatlarda yemirilish mezoni sifatida orqa qirra bo‘yicha yemirilish lentochkasi hor qabul qilinadi. Har bir holat uchun ruxsat etilgan yeyilish (hor kattalik) o‘rnatilgan bo‘ladi, yeyilish bu miqdorga yetganidan so‘ng asbobni qayta charxlash kerak bo‘ladi. Asbobning bardoshliligi deb, qayta charxlashlar vaqti oralig‘idagi ish davriga aytiladi. Ruxsat etilgan yeyilish hor: xomaki yo‘nishda charxlanmaydigan plastinkalar uchun 1,8 mm va yopishtirilgan qattiq qotishma plastinkalari uchun 1-1,4 mm; toza yo‘nishda qattiq qotishma plastinkalari uchun 0,4-0,6 mm. Amalda RDB stanoklar uchun ruxsat etilgan yeyilish qiymati ko‘rsatilgan qiymatlardan farq qilishi mumkin. Bu esa ishlov berish aniqligiga, asboblarni almashtirishning majburiy sikliga, asboblarni rasmiylash sikliga va h.k. bog‘liq bo‘ladi. RDB stanoklarda qirqish rejimlarini tanlashga yeyilgan asboblarni avtomatik rostlash bilan tez almashtirish imkoniyati katta ta’sir ko‘rsatadi.
http://fayllar.org