Har qanday qurilma kabi datchikning ham ishlab chiqaruvchilar tomonida berilgan pasporti bo’ladi. Pasportda datchikning muhim xususiyatlari beriladi. Ulardan ba’zi birlarini ko’rib chiqamiz.
Datchikning o’zgartirish funktsiyasi – bu kirish parametrlari qiymatini chiqish signallari qiymatiga mutanosibligidir.
Kirish parametrlari qiymati va chiqish signallari qiymatlari mutanosibligi jadval ko’rinishida yoki grafik ko’rinishda yoki analitik usulda (formulalar ko’rinishida) beriladi.
Datchikning sezgirligi - bu kirish parametrining qiymati bir birlikka o’zgarganda chiqish signali qanchaga o’zgarishini ko’rsatuvchi qiymat. Masalan termopara uchun sezgirlik birligi mV/K. Ya’ni harorat bir gradus Kel’vinga o’zgarganda chiqish signali bir milliVol’tga o’zgaradi. Rostlanuvchi electromotor uchun sezgirlik birligi c-1/V. Ya’ni bir vol’t kuchlanish berilganda electromotor sekundiga nechchi marta aylanadi.
Datchikning o’lchash imkoniyati – bu datchikning o’lchash chegarasidir (diapazon). O’lchashning quyi va yuqori chegaralari mavjud. Masalan DT9205A multimetri o’zgaruvchan tokni 20 mA – 20A (mA – milliamper, A - amper) chegaralarda aniq o’lchaydi. Agar tok chegaradan chiqib ketsa mul’timetr noto’g’ri chiqish signali berishi mumkin. Yuqori chegaradan o’tsa u ishdan chiqishi ham mumkin.
Datchikning aniqliligi – bu datchik necha foiz aniqlikda ishlay olishini ko’rsatuvchi kattalik.
1 http://www.electrolibrary.info/subscribe/sub_16_datchiki.htm Электротехническая энциклопедия #16.
2 haimann_b_gert_v_popp_k_repeckii_o_mehatronika_komponenty_me.64 б.