Ma’ruza №21 Om va Joul – Lens qonunlarining integral va differensial ko’rinishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/4
tarix27.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66448
1   2   3   4
Ma’ruza №21 Om va Joul – Lens qonunlarining integral va differen

Elektr tokning ishi va quvvati.


Tokning ishi.
Elektr toki o’zi bilan energiya uzatishi tufayli juda keng qo’llaniladi. Bu energiyani istalgan boshqa turdagi energiyaga aylantirish mumkin. O’tkazgichda zaryadli zarralar tartibli harakat qilganda elektr maydon ish bajaradi, bu ishga tokning ishi deyiladi. Zanjirning ixtiyoriy bir qismini olamiz, bu qism bir jinsli o’tkazgich: cho’g’lanma lampochka tolasi va elektr dvigatelining chulg’ami bo’lishi mumkin.   vaqt ichida o’tkazgichning ko’ndalang kesimidan   zqryad o’tadi deb faraz qilaylik, unda elektr maydon   ish bajaradi.   bo’lgani uchun bu ish quyidagiga teng:



Zanjirning bir qismida tok bajargan ish tok kuchi, kuchlanish, ish bajarishga ketgan vaqt ko’paytmasiga teng. Zanjirning ko’rilayotgan qismida elektr energiya qanday tur energiyaga aylanishidan qat’iy nazar, ish shu formula orqali ifodalanadi. O’tkazgichdan tok o’tish jarayonida elektr maydon elektronlarni tezlashtiradi, elektronlar kristall panjaraning ionlari bilan to’qnashib, ionlarga o’z energiyasini beradi. Natijada ionlarning muvozanat vaziatlari atrofida xaotik harakatining energiyasi ortadi. Bu ichki energiyaning ortganini bildiradi. O’tkazgich harorati ko’tariladi va atrofdagi jismlarga   issiqlik bera boshlaydi. Ma’lum vaqtdan so’ng bu jarayon barqarorlashadi va harorat vaqt o’tishi bilan o’zgarmay qoladi. O’tkazgich atrofdagi jismlarga tokning ishiga teng miqdorda issiqlik berib turadi. Shunday qilib, tokning ishi boshqa jismlarga uzatadigan issiqlik miqdorini ifodalaydi.



O’tkazgichlarni ketma-ket ulaganda   dan, parallel ulashda   dan foydalanish qulay. Bu uchta formula zanjirning E.Y.K ga ega bo’lmagan qismida tokning bajargan ishini hisoblash formulalaridir. Endi zanjirning E.Y.K li qismini ko’raylik. Zanjirda E.Y.K bo’lganida elektr energiya qisman ichki energiyaga va qisman boshqa tur energiyaga aylanishini ko’rdik. Endi zanjirning bunday qismida elektr energiyaning qanday qismi ichki energiyaga aylanishini hisoblaymiz. Birlik zaryad o’tganda elektr energiyaning qanday ulushi ichki energiyasiga aylanishini zanjirning shu qismidagi kuchlanishning tushishi ko’rsatadi. Agar zanjir qismidan   zaryad o’tsa, u holda shu qism energiyasining ortishi   ga teng bo’ladi, lekin   bo’lgani uchun





ni olamiz. Demak, zanjirning berilgan qismida energiyaning issiqlik ta’siriga sarflangan qismini aniqlovchi tokning ishi (21.5) formula orqali ifodalanadi. Bu formula zanjirning istalgan qismi uchun, jumladan, generator uchun ham o’rinlidir. Generatordan boshqa tur energiya hisobiga olingan elektr energiya qiymatini aniqlovchi tashqi kuchlarning bajargan ishi





ifodadan topiladi,   bo’lgani uchun



bo’ladi. (21.6) ni iste’molchiga ham qo’llash mumkin. Bu holda   E.Y.K ni bildiradi. Bu ish elektr energiyaning mexanik yoki kimyoviy energiyaga aylanishini ko’rsatadi. Amalda tok ishining sistemadan tashqari birliklaridan ham foydalaniladi.




  quvvatli tokning 1 soatdagi ishi.
  quvvatli tokning 1 soatdagi ishi.
Tokning ishini o’lchaydigan asbob schyotchik (hisoblagich) deb ataladi, tok ishi birligining narxi esa tariff deyiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin