Maruza-3 epoksid oligomerlarini ishlab chiqarish r e j a


EPOKSID OLIGOMERLARINI QOTIRISH



Yüklə 73,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü73,22 Kb.
#209698
1   2   3   4   5
MARUZA-3 (2)

EPOKSID OLIGOMERLARINI QOTIRISH
Epoksid oligomerlari, zichligi 1150-1210 kg/m
3
, och sariqdan jigarrang 
rangigacha bo„lgan, atseton, toluol, benzol, dioksan, etilatsetat va boshqa 
erituvchilarda yaxshi eriydigan va qotirgich qo„shilmasa ancha vaqtgacha o„z 
xususiyatlarini yaxshi saqlab turadigan, qovushqoq termoplastik suyuqliklardir. 
Epoksid oligomerlarini xarakterlaydigan kattaliklardan biri, uni qotirgich bilan 
aralashtirilganidan keyin qotish tezligidir. Bu kattalik esa o„z navbatida oligomerni 
qotirgich bilan aralashtirilganidan so„ng suyuq-oquvchan holatda bo„lish vaqti, ya‟ni 
oligomerni ishlatishga yaroqlilik vaqti (yashash umri) bilan belgilanadi. Epoksid 
oligomerlarining yana bir asosiy texnologik ko„rsatkichi bo„lib, ularni epoksid 
ekvivalenti - grammlarda ko„rsatilgan, bir gramm-ekvivalent moddaning massasi 
hisoblanadi. 
Masalan, epoksid oligomerlarining har bir chiziqsimon zanjiri oxirida bittadan 
epoksid guruhi bo„lsa, unda epoksid ekvivalenti, oligomer o„rtacha molekula 
massasining 1/2 ga teng bo„ladi. 
Keyingi texnologik kattalik, epoksid soni bo„lib, bu kattalik 100 g oligomer 
tarkibidagi epoksid guruhlari soni bilan belgilanadi. 
Epoksid oligomerlari ham, boshqa oligomerlar kabi, faqatgina to„rsimon holga 
o„tganlaridagina (qotganlaridagina), kerakli texnik xususiyatlariga (mexanik 
mustaxkamlik, dielektriklik xususiyatlari, kimyoviy ta‟sirlarga chidamlilik va b.) 
erishadilar. 
Hozirgi vaqtda epoksid oligomerlarini qotishiga olib keladigan qotirgichlarni 
ta‟sir etish mexanizmiga qarab 2 ta katta guruxga bo„lish mumkin. 
1) Tikuvchi qotirgichlar- qotirgich bilan epoksid oligomerlarini funksional 
gruxlarini kimyoviy ta‟siri natijasida epoksid polimerlarini qotishga olib keladilar; 
2) 
Qotirgichlar - bu qotirgichlar ta‟siri ostida epoksid oligomerlarini qotishi, 
ularni epoksid gruxlarini ochilib polimerlanish reaksiyasida qatnashishlari hisobiga 
sodir bo„ladi. 


Tikuvchi qotirgichlar sifatida ikkita va undan ortiq amino, karboksil, angidrid, 
izotsionat gruxlari saqlovchi moddalar ishlatiladi. 

Yüklə 73,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin