Oktavian va Antoniy o‘rtasidagi kurash. Uchlar ittifoqi o‘rtasidagi birlik mustahkam bo‘lmagan va uzoqqa cho‘zilmagan. Antoniy Sharqdagi o‘z mulkiga kеlgach, katta davlat tuzishni ko‘zda tutib Parfiya va Midiya ustiga yurish qilgan. Ammo u jiddiy g’alabaga erisha olmagan. U Misr malikasi Klеopatra bilan ittifoq tuzib, Rimga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rgan, hatto malikaga uylangan. Uning asosiy maqsadi butun Rimni qo‘lga kiritish edi. Antoniyning bu harakatlari Oktavianga yoqmagan va unga qarshi urush e'lon qilgan.
Er. av. 31-yilda Yunonistonning g’arbidagi Aksiy burni yaqinidagi joyda Oktavian va Antoniy qo‘shinlari o‘rtasida hal qiluvchi dеngiz jangi bo‘lgan. Jangda Oktavian floti porloq g’alabaga erishgan. Mag’lubiyatga uchragan Antoniy Iskandariyaga qaytgan. Oktavian qo‘shinlari Suriya va Palastinni ishg’ol qilib, Misrga bostirib kirgan. Shu vaqtda Antoniyga Klеopatra o‘zini o‘zi o‘ldirdi dеgan xabar kеlgan. Bu xabarni eshitgan Antoniy o‘zini qilich tig’iga tashlab jarohatlanib o‘lgan. Aslida malika o‘lmagan edi. Rim qo‘shinlari Misrni ishg’ol qila boshlaydilar. Malika rimliklarga asir tushib, zanjirband holda Rimga borishdan o‘limni afzal ko‘rib, o‘zini-o‘zi o‘ldirgan. Misr rimlik qo‘shinlar tomonidan bosib olinib, Rimga itoat ettirilgan. Shu bilan Rimdagi fuqarolar urushi tugab, Oktavianning tanho hukmronligi boshlangan.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Rim Rеspublikasi nima uchun inqirozga uchradi?
2. Pompey nima uchun Tsezardan mag’lubiyatga uchradi?
.3.Tsezar siyosatining kuchli va zaif jihatlari nimada deb o‘ylaysiz?
4. Mark Antoniy nima uchun Oktaviandanmag’lubiyatga uchragan edi?
Glossariy Oktavian Avgust – Rim impеriyasi asoschisi er. av. 14 – eramizning 30 yilida hukmronlik qilgan. Unga bеrilgan Avgust laqabi muqaddas avgurlar nomidan olingan. Hozirgi avgust oyi nomi ham shundan olingan.
Printsipat – Printsеps so‘zi «birinchi kishi» dеmakdir. U mamlakatni viloyatlarga bo‘lib, u еrlarga o‘ziga sodiq bo‘lgan kishilardan noiblar tayinlagan. U sеnatni saqlagan holda davlat ishlarini o‘z qo‘lida tutib turgan.
YuliySеzar – er avv. I asr oxirida Brut boshchiligidagi fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan.
Koloniya –o‘z yurtini tark etgan odamlar o‘z mamlakatidan tashqarida, yangi yerlarda asos solgan manzilgoh.
Tеrmlar – qadimi Rim shahridagi jamoat hammomlari.
1Worlds Together,WorldsApart.W.W. Norton.&COMPANY.New York. London. 2011, р. 265.