Ma’ruza 8: Kon ishlari rivojlanish yo‘nalishini baholash chegarasi.
Chuqurlashtirishning optimal yo‘nalishini grafik analitik usulda aniqlash
Kon ishlari rivojlanish yo‘nalishini baholash chegarasi.
Karyerning belgilangan chegaralaridagi kon ishlari uning berilgan
unumdorligida turli yo‘nalishlarda rivojlanishi mumkin. Chuqurlashish yo‘nalishi
lahim (transheya, kotlovan) markazining surilishi natijasida hosil bo‘lgan chiziq
bilan tavsiflanadi. O‘sha lahimlar yordamida kon ishlarining chuqurlashishi
davomida har bir gorizontni tayyorlash amalga oshiriladi (8.1 rasm). Yotiq va tik
konlarda kon ishlari rivojlanishining mumkin bo‘lgan variantlari 8.2. rasmda
ko‘rsatilgan.
8.1 rasm. Karyerning chuqurlashish yo‘nalishi (son bilan kon ishlari
bosqichlari ko‘rsatilgan).
Chuqurlashish yo‘nalishi ochish usulini oldindan aniqlaydi. U shuningdek
transport harajatlariga ham ta’sir qilishi mumkin. Qazib olish yillari bo‘yicha
qoplamaning taqsimlanishi, yo‘qotilish va sifatsizlanish, qazib olinayotgan foydali
qazilmaning sifat ko‘rsatkichlari va qazib olishning iqtisodiy natijalari
chuqurlashish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Karyerni chuqurlashtirishning optimal
varianti o‘rtacha quvvatdagi karerlarda millionlab yoki milliard so‘m miqdorda
iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashi mumkin. Shuning uchun karyerni
loyihalashda kon ishlari rivojlanishining ratsional variantini tanlash masalasi bosh
masalalardan biri hisoblanadi.
8.2 rasm. Gorizontal va yotiq (a); qiya va tik (v) konlardagi karyerlarda kon
ishlarini rivojlantirish sxemasi; 1, 2, 3 – variantlar.
Konning geologik tuzilishiga, karyer shakliga, transport turiga, qazish
tizimiga ko‘ra kon ishlari rivojlanishining ratsional yo‘nalishi murakkab shakldagi
siniq chiziqlar sifatida tavsiflanadi. Shuning uchun kon ishlari rivojlanishini
optimal yo‘nalishini tanlash uzoq muddatda variantlar o‘zgarishini tahlil qilish va
texnik-iqtisodiy baholashni talab etadi. Optimal variantni tanlashda maksimum
keltirilgan foyda, foydali qazilmaning sifati barqaror bo‘lgan konlarda esa –
minimal o‘rtacha (qazib olish boshlangandan buyon) ochish koeffitsienti me’zon
sifatida xizmat qiladi. Kon ishlari rivojlanishining optimal yo‘nalishini aniqlash
variantlar, grafoanalitik, analitik usullarda amalga oshiriladi.
Kon ishlarining optimal rivojlanishini aniqlash masalalari A.I. Arsentg‘ev,
N.D. Bevza, V.G. Bliznyukova va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida tadqiq
qilingan. Bu masalani EHM ni qo‘llab hal etish usuli V.M. Alenichev, D.G.
Bukeyxanov va Sverdlovsk konchilik instituti tomonidan ishlab chiqilgan.
Bir turdagi konlar (foydali qazilmaning sifati, yotqiziqning qalinligi va
cho‘ziqligi bo‘yicha o‘lchami bir xilda bo‘lgan) ni qazib olishda kon ishlarini
rivojlanishining optimal yo‘nalishini aniqlash uchun A.I. Arsentg‘evning
grafoanalitik usulini qo‘llash tavsiya etiladi. Bunda quydagi me’zonlar qo‘llaniladi.
O‘rtacha minimal solishtirma ekspluatatsion harajatlar ( qazib olish
boshlangandan buyon)
min
i
i
Ц
З
(8.1)
Kon massasining o‘rtacha koeffitsienti (qazib olish boshlangandan buyon)
min
i
i
M
Q
(8.2)
o‘rtacha ochish koeffitsienti (qazib olish boshlangandan buyon)
min
i
i
P
V
(8.3)
bu erda Z
i
– qurilish boshlangandan buyon i yilgacha ketgan harajatlar yig‘indisi;
TS
i
– SHu davr ichida olingan mahsulotning qimmatliligi; Q
i
– qazib olish
boshlangandan buyon i yilgacha qazib olingan kon massasi hajmining yig‘indisi;
M
i
– foydali qazilmani qazib olish boshlangandan i yilgacha qazib olingan foydali
qazilma miqdori yig‘indisi; V
i
– qoplama hajmining yig‘indisi; R
i
– qazib olish
boshlangandan i yilgacha qazib olingan foydali qazilma hajmining yig‘indisi.
Barqaror sifatli bir komponentli konlarda kon ishlarining rivojlanish
variantini baholash uchun kumulyativ jadvaldan foydalanilganda optimal variant
pastki tarmoqqa mos keladi (8.3 rasm)
8.3 rasm. V=f (‘) funktsiyaning kumulyativ jadvali: 1,2,3 – karerni
chuqurlashtirish yo‘nalishining turli variantlar uchun.
Kon ishlari parametrlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’siri juda katta
bo‘lgan murakkab strukturali ko‘p komponentli konlar uchun (ayniqsa
qimmatbaho rudalar uchun) optimal variantni tanlash variantlar metodini qo‘llab
amalga oshiriladi. Bu holda me’zon sifatida maksimum keltirilgan foyda qabul
qilinadi. Birinchi bosqichda, berilgan unumdorlik, qazib olinayotgan ruda
sortlarining nisbati, ochish usuli va qazib olish boshidan minimal o‘rtacha ochish
koeffitsienti talablarini qanoatlantiradigan kon ishlarining rivojlanish varianti
belgilanadi. So‘ngra har bir variant uchun kon-geometrik tahlil bajariladi va kon
ishlari rivojlanishining kalendar rejasi tuziladi. Kalendar reja asosida har yilgi va
to‘la keltirilgan harajatlar va foyda aniqlanadi, komponentlarni olish dinamikasi
belgilanadi, va texnik iqtisodiy baholash yo‘li bilan optimal variant tanlanadi.
Chuqurlashtirishning optimal yo‘nalishini grafik analitik usulda aniqlash.
Konning ko‘ndalang kesimida chuqurlashishning optimal yo‘nalishini
aniqlash usuli A.I. Arsentg‘ev tomonidan ishlab chiqilgan. Me’zon sifatida foydali
qazilma izochiziqlari usuli bo‘yicha aniqlanadigan o‘rtacha minimal (qazib olish
boshlangandan buyon) ochish koeffitsientidan foydalaniladi. Konning ko‘ndalang
kesimidagi foydali qazilmaning izochiziqlari – bu nuqtaning geometrik o‘rni
bo‘lib, karer tubining ish xududida to‘g‘ri kelgan bittasiga surilganda bir xil
miqdorda foydali qazilma qazib olinadi. Ko‘ndalang kesimdagi R
1
chiziq foydali
qazilmaning izochizig‘i bo‘lib hisoblansin deb taxmin qilaylik. Agarda ish zonasi
tubini γ
r
burchak ostida o‘tkazilgan chiziq bilan belgilangan konturdagi shu
chiziqning har qanday nuqtasiga (masalan K, L, M nuqtalarga) joylashtirsak, unda
ish zonasi konturlari ichidagi foydali qazilma
8.4 rasm. Foydali qazilma (2) izochizig‘ida ishchi xududini (1) chegarasini
joylashish sxemasi.
hajmi bir xil bo‘ladi, ya’ni R
k
=R
l
=R
m
. Kon massasining hajmi ish xududining
chegarasi ichida minimal bo‘lganda, ish xududining bunday holati optimal bo‘ladi,
shu sababli bu holda o‘rtacha (qazib olish boshlangandan buyon) ochish
koeffitsienti minimal bo‘ladi, ya’ni
min
Dostları ilə paylaş: |