Kryukoblok (ilgakli blok)
Kryukoblok tal sistemasini harakatlanuvchi qismi bo‘lib burg‘ilash
quvurlarni tushirib ko‘tarishga, mustahkamlovchi quvurlarni tushirishga, ularni
osilgan holda ko‘tarib turishga xizmat qiladi. Qryukoblok korpus ichiga o‘rnatilgan
g‘altaklardan va unga osilgan ilgakdan iborat. Tal blok va ilgaklar alohida-alohida
ham bo‘ladi. Lekin, hozirgi paytda talblokga ilgakni birlashtirib ularni kryukoblok
nomi bilan yasab chiqarilmoqda. DG315 turidagi kryukoblok (ilgakli blok)ning
ko‘rinishi 3.5-rasmda tasvirlangan.
3.5-rasm. DG315 turidagi kryukoblok (ilgakli blok).
Vertlyuglar
Vertlyug tal sistemasi va burg‘ilash quvurlar birikmasini bir-biriga
bog‘lovchi aslaha. Vertlyug burg‘ilash quvurlarini aylantirishga, bir vaqtda
nasosdan kelayotgan suyuqlikni o‘tkazib, quduq tubiga yuborishga moslangan.
Vertlyug og‘ir yuk ko‘tarib, yuqori gidravlik bosimni ham ushlashi kerak.
UV-250 rusumidagi vertlyugning ichki ko‘rinishi 3.6-rasmda tasvirlangan.
3.6-rasm. UV-250 rusumidagi vertlyugning ichki ko‘rinishi.
Tal arqoni
Tal arqoni – chig‘ir bilan ilgakli tal bloki orasida bog‘lovchi vazifasini
bajarib, tal sistemasi bajaradigan hamma ishlarda ishtirok etadi. Tal arqonini
tayyorlashda mustahkamlik chegarasi 1600-1800 mN/m
2
bo‘lgan yuqori uglerodli
va yuqori marganetsli simlardan foydalaniladi. Har xil o‘ramli po‘lat arqonning
ko‘rinishi 3.7-rasmda tasvirlanagn.
3.7-rasm. Har xil o‘ramli po‘lat arqonning ko‘rinishi.
1-xoch o‘ramli; 2-bir tomonlama o‘ramli; a-o‘ng; b-chap.
Burg‘ilash qurilmalarida tal sistemasining doiroviy shakldagi olti o‘ramli
po‘lat arqonlari keng qo‘llaniladi. Undan tashqari ishlab chiqarishda, ayniqsa
burg‘ilash ishlarida har xil o‘lchamli Burg‘ilash, asbobli, jelonkali, ruxlangan
arqonlar ishlatiladi. 3.1 jadvalda tal arqonlarining texnik xususiyati berilgan.
3.1- jadval
Tal arqonlarining texnik xususiyati
Kanat
diametri,
mm
Kanat
kesimining
yuzasi, mm
2
1 m kanat
og‘irligi,
kg
Kanatni
uzuvchi
kuch, t
Tashqi qavatdagi
simlarning
diametri, mm
22,0
204
1,90
32,0
1,0
28,0
376
3,38
57,6
1,8
38,0
672
5,98
102,9
2,4
44,5
-
8,20
120,0
2,8
Dostları ilə paylaş: |