Ma’ruza burg‘ilash jihozlari burg‘ilash minoralarining asbob-uskunalari. Burg‘ilash chig‘iri



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix02.12.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#72017
  1   2   3   4
Ma\'ruza 10



MA’RUZA 
BURG‘ILASH JIHOZLARI 
Burg‘ilash minoralarining asbob-uskunalari. Burg‘ilash chig‘iri 
Burg‘ilash quvurlar birikmasini tushirish va ko‘tarish, ularni burab ochish va 
yopish, mustahkamlovchi quvurlar birikmasini og‘irligi bo‘yicha tutib turish yoki 
uni sekin tushirish, quduq tubiga burg‘ini uzatish, dvigateldan rotorga quvvat berish, 
Burg‘ilash minorasini ko‘tarish va tushirish kabi ishlarni bajarishga mo‘ljallangan 
mexanizm.
Ular burg‘ilash qurilmasi tarkibiga kiradi. Burg‘ilash chig‘irsi ko‘taruvchi 
(baraban o‘qi, tasmali to‘htatgich, rotor transmissiyasi) va transmission (zanjirli
korobka uzatmasi, oraliq o‘qi (val), burg‘i uzatuvchi regulyator) kabi qismlardan 
tashkil topgan. Chig‘ir tezligi burg‘ilash pultidan boshqariladi. 
Burg‘ilash chig‘irsining hamma elementlari payvandlangan romga 
o‘rnatilgan. Ko‘taruvchi o‘q (val)ga quvvat ko‘p qatorli vtulka-g‘ildirakli zanjir 
orqali uzatiladi. 
Burg‘ilash chig‘irining to‘rt, olti, sakkiz va kopyorli, chervyakli, qurilish va 
boshqa xillari mavjud. 
ZJ50D turidagi burg‘ilash chig‘iri 3.1-rasmda tasvirlangan. 
3.1-rasm. ZJ50D turidagi burg‘ilash chig‘iri. 
Tal tizimi 
Burg‘ilash qurilmasining tal tizimi chig‘ir barabanining aylanma harakatini 
ilgakning ilgarilma harakatiga o‘zgartirishga hamda arqon tarmoqlarining yukini 
kamaytirishga mo‘ljallangan. 


3.2-rasm. 5x6 tal osnastkasining ko‘rinishi. 
Burg‘ilash qurilmalarining tal sistemasi asboblarini tushirish va ko‘tarish, 
burg‘ilash jarayonida burg‘ini quduq tubiga uzatish, mustahkamlovchi quvurlarni 
quduqqa tushirish va quduqda sodir bo‘ladigan har xil asoratlarni bartaraf qilish 
ishlarini bajaradi. Yuk ko‘tarishga va arqon o‘rami soniga qarab tal sistemasi har xil 
tur o‘lchamlariga ega bo‘ladi: masalan, yuk ko‘tarish 50-75 tonnalik qurilmalarda 
shkiv soni 2x3 va 3x4, yuk ko‘tarishi 100-300 tonnalik qurilmalarida esa shkiv soni 
3x4, 4x5, 5x6 va 6x7 bo‘lgan tal sistemasidan foydalaniladi. Tal sistemasi tarkibiga 
kronblok, tal blok, ilgak va ilgak bloklar kiradi. 3.2-rasmda 5x6 tal osnastkasining 2 
xil ko‘rinishi tasvirlangan. 
Tal bloki 
Ayrim ilgaklarga yoki ilgakning blok qismiga birlashtirilgan kronblok, tal 
arqoniga ilib qo‘yiladigan tal sistemasining harakatchan qismi. U payvandlangan 
korpusdan iborat bo‘lib, unga shkivlar va podshipnikning uzellari joylashtirilgan. 
Talli blokning yuk ko‘tarish qobilyati 10, 12, 20, 25, va 35 tonnaga teng. Tal 
blokining sxemasi 3.3-rasmda tasvirlangan. 
3.3-rasm. Tal bloki: 
1-traversa; 2-shkivlar; 3-o‘q; 4 – himoya qoplamasi; 5—yon tomonlar; 6—ilgak. 
Kronbloklar 


Kronblok metall ramaga o‘rnatilgan bir nechta g‘altaklardan iborat. 
Kronblok burg‘ilash minorasining yuqori qismida joylashgan bo‘lib, quvurlarni 
ko‘tarib-tushirishga xizmat qiladi. Kronblokning sxemasi 3.4 -rasmda tasvirlangan. 
3.4-rasm. Kronblok: 
1- shkivlar; 2-o‘q; 3-rama; 4- himoya qoplamai; 5-yordamchi shkivlar 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin