element qo‘yamiz. Ushbu ishni amalga oshirish
uchun quyidagi amallarni
bajarish lozim bo‘ladi:
a) pko‘rsatkich murojaat qiladigan, bo‘sh element yaratish (2-rasm).
2-rasm.Yangi element hosilqilish
b) Yaratilgan element informatsionmaydoniga D o‘zgaruvchi
qiymatini
o‘zlashtirish (3-rasm).
3-rasm.Yangi element info maydonigaqiymatkiritish
c) Yangi elementni ro‘yhat bilan bog‘lash: p->ptr=lst; (shuholatdayangi
element
valst– ro‘yhat boshini ko‘rsatyapti)
d) lst ko‘rsatkichni ro‘yhat boshiga ko‘chirish (4-rasm). lst=p;
Va nihoyat:
4-rasm. Ro‘yhat boshiga element qo‘shish
Endi shu algoritmni C++ tilidagi realizatsiyasini ko‘rib chiqamiz.
Node * p = new Node;
int numb = -1;
cout<<"son kiriting: ";
cin>>numb;
p->info = numb;
if (lst ==NULL){
p->next = NULL;
lst = p; }
else { p->next = lst;
lst = p;}
2. Bir bog‘lamli ro‘yhat boshidan elementni o‘chirish
Ro‘yhatda birinchi element info informatsion maydonidagi ma’lumotni esda
saqlab qolib uni ro‘yhatdan o‘chiramiz (5-rasm).
5-rasm. Ro‘yhat boshidagi elementni o‘chirish
Yuqorida aytilganlarni amalga oshirish uchun quyidagi ishlarni bajarish lozim:
a) o‘chirilayotgan elementni ko‘rsatuvchi p ko‘rsatkich kiritish: p=lst;
b) p ko‘rsatkich ko‘rsatayotgan element
info maydonini qandaydir x
o‘zgaruvchida saqlash: x=p->info;
c) lst ko‘rsatkichni yangi ro‘yhat boshiga ko‘chirish: lst=p->ptr;
d) p ko‘rsatkich ko‘rsatayotgan elementni o‘chirish: delete(p);
Natijada6-rasmdagi ko‘rinishgaegabo‘lamiz.
6-rasm. Ro‘yhatning natijaviy ko‘rinishi
Endi shu algoritmni C++ tilidagi realizatsiyasini ko‘rib chiqsak.
Node* p = new Node;
if (lst == NULL){
cout<<"ro'yhatbo'sh";
system("pause");
system("CLS");
}
else { p = lst;
lst = p->next ;
delete(p);
}
Dostları ilə paylaş: