Маъруза кириш. Буғ турбиналари хақида умумий маълумотлар



Yüklə 6,06 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,06 Kb.
#201951
BBXM-4

Ma’ruza N 4. MARKAZDAN QOCHMA NASOSLARNING ISH XARAKTERISTIKASI VA NASOS QURILMASI.

  • MARKAZDAN QOCHMA NASOS
  • BOSIM, QUVVAT VA F.I.K.NING SARFGA BOG’LIQLIK GRAFIKLARI
  • Nasoslarni ishlatishda ulardan berilgan sharoitda eng yaxshi foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun turli sharoitda nasosning qanday ishlashi to’g’risida ma'lumot bo’lishi kerak. Bunday ma'lumot nasoslarning xarakteristikalari ko’rinishida beriladi.
  • Bosim, quvvat va F.I.K.ning sarfga bog’liqlik grafiklari nasosning xarakteristikalari deb ataladi:
  • Odatda, xarakteristika nasosni sinash (tajriba) yordamida tuziladi. Buning uchun nasosning aylanish sonini o’zgartirmasdan, haydash quviriga o’rnatilgan berkitkichni surish yo’li bilan bosim o’zgartirilib, uning ishlash tartibi ham o’zgartiriladi. Natijada quvvat va F.I.K. ham o’zgaradi.
  • Harakteristikani tuzish uchun sinashni berkitgich to’liq yopilgan holatdan boshlab, ochib boramiz va bosim, quvvat va F.I.K.ning sarf bo’yicha o’zgarishini 38 rasmda ko’rsatilgandek grafiklar tuzamiz
  • Grafiklardan ko’rinadiki, berkitgich yopiq holatida nasos ma'lum bosim hosil qiladi va u berkitgichning ochilishi bilan kamayib boradi. Boshlanishda bosim bir oz ortib borib, max ga yetishi va so’ngra kamayib ketishi mumkin. Quvvat esa ortib boradi va chiziqli ortishga yaqin bo’ladi. Sarfning katta qiymatlarida bu ortish bir oz kamayishi mumkin. F.I.K. grafigi 0 dan boshlanadi va sarfning ma'lum bir miqdorlarida max ga ega bo’ladi. Nasosning shu aylanish sonida eng yaxshi ishlashi F.I.K. grafigining max miqdoriga to’g’ri keladi.
  • Nasos qurilmasi (39 rasm), nasosning o’zi birdan tashqari, ta'minlovchi suyuqlik saqlagich 8 dan qabul qiluvchi tizm 9 gacha bir qancha qismlardan iborat bo’ladi. Nasos ishlaganda suyuqlik taminlovchi idishdan, tirgak yopqich 4 va so’rish quviri 9 orqali o’tib, nasosning ish g’ildiraklari orasiga kiradi. Nasosga kirish oldida vakuummetr 6 o’rnatilgan bo’lib, u so’rish quviridagi siraklanish darajasini kuzatishga yordam beradi. Nasosdan chiqishda sarfni o’zgartirish uchun xizmat qiluvchi berkitgich 7 va bosim o’lchagich manometr 5 o’rnatilgan bo’lib, suyuqlik bulardan o’tganidan so’ng xaydash quviri 3 orqali o’tib, qabul qiluvchi idishga tushadi. Tirgak yopqich nasosni ishga tushirish oldidan quyilgan suyuqlik ta'minlovchi idishga oqib ketmasligi uchun o’rnatilgan bo’lib, turli iflosliklarni kirishidan filtr bilan himoyalangan. Ta'minlovchi idishdagi suyuqlik satxi bilan nasos o’rnatilgan orasidagi farq - so’rish balandligi deyiladi va Hc belgilanadi. Nasos o’rnatilgan satx bilan qabul qiluvchi idishdagi suyuqlik satxlari farqi - xaydash balandligi deyiladi va Nx bilan belgilanadi. So’rish balandligi bilan, xaydash balandligining yig’indisi statik balandlik deyiladi va Hst bilan belgilanadi.
  • Rasmda 1 - chiziq nasos xarakteristikasi bo’lsa, 2 - chiziq quvir xarakteristikasi va 3 - chiziq nasos F.I.K. grafigidir. Ko’rinib turibdiki, xarakteristikalar joylashgan soxani uch qismga ajratish mumkin. Birinchi qisimda nasosning bosimi quvirning shu sarifga tegishli bosimidan ortiq bo’lib, bu qisimda nasosning F.I.K. kam bo’ladi. Ikkinchi qismda nasos bosimi bilan, quvirga tegishli sarf olish uchun zarur bo’lgan bosimlar deyarli teng bo’lib, bu qism xarakteristikalar kesishgan A (.) o’z ichiga oladi. Shunday qilib, soxaning bu qismida nasos eng yaxshi ishlaydi va uning F.I.K. yuqori bo’ladi, ya'ni uning bosimi quvirda suyuqlikning kerakli sarfini xosil qilish uchun butunlay sarf bo’ladi. A(.) da esa nasos quvir bilan eng yaxshi ishlaydi. Uchinchi qismda nasosning bosimi quvirga tegishli sarf olish uchun zarur bo’lgan bosimdan kichik bo’ladi, ya'ni nasos kerakli sarfni ta'minlay olmaydi.
  • Markazdan qochma nasosning tuzilishi qanday?
  • Nasosning bosimi, quvvati va f.I.K. qanday qiymatlarga bog’liq?
  • Nasos qurilmasining asosiy elementlarini ayting?
  • Nasosning va quvirning bosim xarakteristikalari nimani ko’rsatadi?
  • NAZORAT SAVOLLARI:
  • Этиборингиз учун
  • Рахмат.

Yüklə 6,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin