maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


Neft va gaz uyumlarining elementlari va ularning tasnifi



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə11/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

1. Neft va gaz uyumlarining elementlari va ularning tasnifi.

Neft va gaz uyumlarida bir nechta elementlar ajratiladi. Gaz va neft, neft va suv chegarasi yuzalari gazneft va suvneft chegarasi yuzasi deb yuritiladi. Suvneft (gazneft) chegarasi yuzasi bilan mahsuldor qatlamning ustki yuzasining kesishish chizig‘i tashqi neftlilik (gazlilik) konturi deb yuritiladi. Agar chegara yuzasi gorizontal bo‘lsa, neftlilik (gazlilik) konturi rejada qatlamning ustki yuzasi izogipslar bilan parallel bo‘ladi (2.1-rasm). Neft – suv (gaz-neft) chegarasi qiya bo‘lganda esa neftlilik (gazlilik) konturi tuzilma xaritasida qatlamni ustki yuzasi izogipslarini kesib o‘tadi. Suvneft (gazneft) chegarasi yuzasi bilan mahsuldor qatlamning ostki yuzasining kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq ichki neftlilik (gazlilik) konturi deb yuritiladi. Massiv tabiiy rezervuarlardagi uyumlarda ichki konturlar mavjud bo‘lmaydi. Uyum neft va gazdan iborat bo‘lib, undagi neftning egallagan hajmi gazga nisbatan ancha katta bo‘lsa bunday uyumlar gaz shapkali neft uyumi deb yuritiladi. Agar uyumda neft gazga nisbatan juda kam bo‘lsa, u holda neft hoshiyali gaz uyumi deyiladi. Ko‘pchilik hollarda yer qa’rida suv bilan bevosita chegaralangan gaz uyumi yoki gaz to‘plami mavjud bo‘lmagan neft uyumlari uchraydi. Uyumning uzunligi, kengligi va maydoni uning ichki-tashqi neftlilik (gazlilik) konturlarining gorizontal tekislikdagi proyeksiyasiga qarab aniqlanadi. Uyumning balandligi uning ostki yuzasi bilan eng yuqori nuqtasigacha bo‘lgan vertikal masofadan iborat.

Neft va gaz uyumlari tasnifi. Har xil turdagi neft va gaz uyumlarining tasnifini tuzish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Ular orasida I.O.Brod, N.A.Yeremenko, N.Y.Uspenskiy, A.A.Bakirovlar tomonidan ishlab chiqilgan tasniflar tahsinga loyiq. A.A.Bakirovning tutqichlar hosil bo‘lishining asosiy xususiyatlarini hisobga olib tuzgan tasnifiga muvofiq lokal neft va gaz to‘plamlarining to‘rtta sinfi ajratiladi. Bular tuzilmali uyumlar, stratigrafik uyumlar, litologik uyumlar va rifli uyumlar.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin