Xozirda listli materialdan tayyorlangan almashgichlar (ayniksa plastinali va spiralsimon apparatlar) keng qullanilmoqda. Bunday qurilmalar qobiq-trubali issiqlik almashgich-larga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ishlab chiqarish sharoitida keng qatordagi tipaviy o‘lchamli qobiq-trubali qurilmalarni taiyerlash texnologiya jixatdan ancha qiyin, chunki bunday qurilmalarda unifikatsiya koeffitsiyenti (bir xil o‘lcham qatoriga ega bo‘lgan uzel va detallarning sonini qurilmadagi xamma uzel va detallar soniga nisbati) 0,13 ga teng. Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining unifikatsiya koeffisiyenti esa 0,9 ni tashqil etadi.
Plastinali va spiralsimon issiqlik almashinish qurilmala-rini taiyerlash uchun qobiq-trubali qurilmalarga nisbatan birmuncha kam metall talab kilinadi. Bunday qurilmalarni tozalash xam oson. Ana shu muxim sabablarga ko‘ra listli materialdan qilingan va umumii maqsadlar uchun muljallangan issiqlik almashgichlar istiqbolli va samarali xisoblanadi.