maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


Amaliy mashg‘ulot. Yerning tuzilishi va tarkibi



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə126/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

Amaliy mashg‘ulot. Yerning tuzilishi va tarkibi

Umumiy tushunchalar

Neft va gaz sanoati xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi davlatimizning iqtisodiy salohiyatini belgilaydigan sohalardan biridir.

Keyingi yillarda O‘zbekistonning neft va gaz sanoati juda tez suratlar bilan rivojlanib bormoqda, neft va gaz qazib chiqarish miqdori ancha o‘sdi. O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. Respublika hududidagi konlardan qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz barcha turdagi ishlab chiqarish korxonalari va aholining gazga bo‘lgan talablarini qondirish bilan bir qatorda xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

Neft va gaz qazib chiqarishning o‘sishi yangi neft va gaz uyumlari va konlarini ochish va konlarni ishlatish samaradorligini oshirish, hamda zahiralardan foydalanish darajasini ko‘paytirishning yangi usullarini qo‘llash kabilar evaziga erishilmoqda. Bunday murakkab masalalarni yechishda neft va gaz geologiyasi va qidiriv ishlari muhim o‘rin tutmoqda.

Neft va gaz uyumlarini geologik tadqiq qilish usullari so‘nggi yillarda jadal mukammallashdi. Neft va gaz konlarini loyihalash va ishlatishni tahlil qilish hozirgi kunda to‘liq kon geologiyasi ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Keyingi yillarda yangi neft va gaz konlarini aniqlashda quduqlar kesimini mufassal taqqoslash yo‘li bilan yer osti qatlamlarini haritalash ishlari kon geologiyasi tadqiqotlaridan foydalanilgan holda olib borilmoqda.

Geologiya - bu litosferaning tarkibi va tuzilishi, ichki va va tashqi yuzalarida sodir bo‘ladigan jarayonlar, bu jarayonlarning sabablari, sodir bo‘lish qonuniyatlari va rivojlanish bosqichlari, hamda yerning tarkibi, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan soha. Geologiya yer bag‘ridagi barcha turdagi foydali qazilmalar konlarini, shu jumladan neft va gaz konlarini, izlash va qidirish hamda ularni ishlatish uchun nazariy asos hisoblanadi.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin