NSN – 1 – 28,32,43,55,68
NSN – 2 – 28,32,38,43,55,68,82,93
NSV – 1 – 28,32,38,43,55,58.
bu yerda: nasos markasidan so‘ng uning klapanlari soni (ya’ni 1-bo‘lsa bir dona suruvchi va bir dona haydovchi klapan; 2-bo‘lsa 1 dona suruvchi va 2 dona haydovchi klapan) keyingi raqamlar esa nasosning nominal diametrini (mm).
Nasoslarning yana bir usuli NSN – 2 -43-4200- II-P-120
bu yerda: 4200 – plujerning harakat uzunligi, mm.
II-tayyorlanish guruhi
P-plujer turi;
120-opressovka bosimi, at.
Quvurli nasoslar unchalik chuqur bo‘lmagan chuqurligi (1200 metrgacha) quduqlarda ishlatilib ularni ta’mirlashda yoki ayrim qismlarini almashtirishda ko‘tarib-tushirish operatsiyalariga ko‘p vaqt sarflanmaydi.
Ta’mir ishlarida nasos-kompressor quvurlarini va nasos shtangalarini kolonnasini alohida ko‘tarish va tushirish ularni ishlatishning iqtisodiy tomoniga ta’sir etadi. Shuning uchun ko‘tarib tushirish operatsiyalari tezlashganligi sababli quvur va shtangalarining kertikli ulangan qismlari tez yoyilib nasos kompressor quvuridan quduqqa suyuqlik oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Tashqi nasoslar chuqurligi 2500 metrgacha bo‘lgan quduqlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. Boshqa turdagi nasosga nisbatan ularning afzalligi ishlash muddatining nisbatan uzoqlikda bo‘liyu, ularda avariya sonlarini va ko‘tarib-tushirish operatsiyalari kamayadi.
Quvurli nasoslar neft bilan birga qum chiqadigan quduqlarda samaradorli ishla tiladi, chunki suqma nasoslar qum ta’sirida plunjer tiqilib qolsa uni ko‘tarish ancha qiyinroq kechadi.
/
-Rasm. SHCHN prinsipial sxemasi: a- NGN-1 turidagi shtokli nasos; b -NGN-2 turidagi tutgichli nasos; 1–so‘ruvchi klapanlar; 2–silindrlar; 3-plunjerlar; 4 -patrubka-uzaytirgichlar; 5–so‘ruvchi klapanlar; 6–konus egarlari, 7-shtok, 8-ikkinchi nagnetatelniy klapan; 9 – tutgich; 10 – nakonechnik.
v –NGV-1 turidagi suqma nasos: 1 - shtanga, 2 - NKQ, 3 - konus, 4 – qulfli tayanch, 5 - silindr, 6 - plunjer, 7 – yo‘naltiruvchi trubka.
SHCHN quyidagi ketma ketlikda ishlaydi. Plunjerning yuqoriga harakatlanganida (Rasm ) pastki so‘ruvchi klapan quvur orti xalqa maydonidagida suyuqlik bosimi ustunida ochiladi va neft nasos silindriga kiradi. Bu vaqtda yuqori so‘ruvchi klapan NKQ suyuqligi bosimi ustuni ta’sirida yopiq holda bo‘ladi. Nasosning uzluksiz ishlash vaqtida neft NKQga kiradi, quduq ustigacha ko‘tarilib troynik chiqish quvuriga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: |