bu yerda: Spl – jilvirlangan shtok yo‘li uzunligi, m;
( - shtangali nasos uzatish koeffitsiyenti.
Shtangali nasosning uzatish koeffitsiyenti nasos qurilmasining kunlik haqiqiy uzatishlarining uning kunlik nazariy uzatishlari nisbatiga teng (1.5.)
(1.4.) ifodadan ko‘rinib turibdiki shtangali chuqurlik nasosi uzatishi plunjer diametriga jilvirlangan shtok yo‘li uzunligiga va shtokning bir minutda borib kelishlar soniga bog‘liq. Plunjerlar yurishi soni juda katta bo‘lganda quduq zaboyiga keluvchi suyuqlik silindr hajmiga teng bo‘lgan suyuqlik yig‘ila olmaydi. Shtangali nasos uzatish koeffitsiyenti 0 dan 1 gacha o‘zgaradi. Neft kon sanoati amaliyotida agar ( = 0,7 - 0,8 bo‘lsa nasos qurilmasi yaxshi ishlayotgan hisoblanadi. Nasosning uzatish koeffitsiyenti nasosning to‘ldirilishi koeffitsiyentiga bog‘liq. Nasosning to‘ldirilishi koeffitsiyenti plunjer ostiga to‘plangan suyuqlik hajmining plunjerning yuqoriga harakatida silindr hajmi nisbatiga teng: