Shtangali chuqurlik nasoslarining ish unumdorligi va unga ta’sir etuvchi omillar
Shtangali chuqurlik nasoslarining doimiy ishlash davrida bir birlik vaqt ichida chiqargan suyuqlik miqdori uning ish unumdorligi bo‘lib, kon ishlab chiqarish sharoitida u og‘irlik birliklarda t/kun bilan belgilanadi.
Nasos plunjerining bir marta pastdan va yuqoriga harakatidan nasos nazariy jixatdan plunjer harakatlanayotgan silindr xajmiga teng bo‘lgan suyuqlik miqdorini uzatadi: V = F(Spl , m3 (1.1.)
U holda, nasosning bir minutdagi maxsulot chiqarishi:
Vmin = F(Spl(n , m3 (1.2.)
bu yerda: n – plunjerning bir minutda borib kelishlar soni.
Nasosning kunlik nazariy uzatishi: Qnaz = F(Spl(n , m3/kun (1.3.)
Neft kon amaliyotida shtangali nasoslarning xaqiqiy ish unumdorligi odatda nazariy qiymatlardan kam bo‘ladi, chunki plunjer yo‘li uzundigi har doim shtok yo‘li uzunligidan kichikdir. Nasosning haqiqiy uzatishlar kamayishiga nasos kompressor quvuri (NKQ) germetikligining buzilishi natijasida suyuqlikning orqaga oqishi ehtimoli, nasos plunjer va silindrlari orasidagi tirqishning bo‘lishi va klapanlarning nosozliklari sabab bo‘ladi. Shuning uchun shtangali nasosning haqiqiy uzatishi Qhaq = F(Spl(n(( , m3/kun (1.4.)