qo‘shimcha va yordamchi ishlarni bajarish (quduqni qayta ishlash va yuvish, qatlamni sinab ko‘rish va quduq tubiga tushib ketgan begona predmetlarni olib chiqishda).
Burg‘ilash tizmasining ishlash sharoiti rotor usulida burg‘ilashda va quduq tubi dvigatellari yordamida burg‘ilashda har xil.
Rotor yordamida burg‘ilashda, rotordan aylanma harakatni burg‘iga uzatadigan burg‘ilash tizmasi bir qator qarshiliklarga uchraydi. Burg‘ilash tizmasining yuqori qismi o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida va burg‘ining yuvuvchi teshiklaridagi bosim o‘zgarishi ta’sirida chuzilish holatida bo‘ladi. Quduq tubi reaksiyasini qabul qiluvchi ostki qismi esa siqilgan holatda bo‘ladi. Burg‘ilash tizmasiga beriladigan aylanuvchi moment unda aylanish kuchlanishlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Ma’lum bir tezlikda tizmaning aylanishi esa markazdan qochma kuchlarni va egilish kuchlanishlarini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi sanab o‘tilgan kuch va kuchlanishlarning burg‘ilash tizmasiga bir vaqtda ta’sir etishi rotor usulida burg‘ilashda, burg‘ilash tizmasining ishlash sharoitini og‘irlashtiradi.