Quduq tubida parchalangan tog‘ jinslarini yer ustiga olib chiqish, burg‘ini sovutish, quduq tubi dvigatelini harakatga keltirish uchun burg‘ilanadigan quduq va doimiy loyli eritmalar sirkulyatsiyasi harakatlanadi. Burg‘ilash loyli eritma nasos (16) yordamida qabul hovo‘zidan (18) olinib, haydovchi quvur (15) orqali yuqori bosimli shlangdan (10) vertlyugga, undan keyin esa burg‘ilash quvurlariga o‘zatiladi.
Vertlyug ichi bo‘sh korpusdan, ichiga gorizontal maydoncha bilan tirgakli tebranish podshipniki joylashtiriladi, uni aylantiruvchi qismi-rotorga tayanadi, rezbali birikmalari orqali burg‘ilash quvurlari tizimiga o‘lanadi. Vertlyug korpusini yuqori qismiga kalta quvur orqali burg‘ilash eritmasi haydaladi. Bu eritma rotorni bo‘shlig‘i orqali burg‘ilash quvuriga o‘tadi.
Burg‘ini teshiklaridan burg‘ilash eritmasi chiqib, parchalangan tog‘ jinslarini zarrachalari bilan aralashadi, quvurni orqa fazosi orqali yer ustiga ko‘tariladi, tarnov (14) orqali (7.6-rasm) tozalash inshootlari tizimida to‘planadi. Tozalash inshootlari tizimda burg‘ilash eritmasi tog‘ jinslarini zarrachalaridan tozalanadi, yana qaytib qabul idishiga (15) to‘planadi, burg‘ilash jarayoni davom etadi.