Siquv kompressor stansiyalarida siqilgan gaz 7,0 MRa bosim ostida chiqish kollektoriga yo‘naltiriladi.
Neft va gaz konlaridan qazib olinayotgan mahsulotlarni kon sharoitida tayyorlash turli xildagi texnologik jarayonlar orqali amalga oshiriladi va unga mos ravishda xar xil bajarilishlardagi blok-modullar va blok-komplektlardan foydalaniladi. Blok-komplektlardan foydalanish neft va gaz oqimlari miqdorining turli sharoitlarida aniq ish unumdorligi va texnologik jarayon rejimlari o‘rnatilgan holatlarda texnik-iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi Shuningdek blokli tizimlarning qo‘llanilishi sanoat, portlash va yong‘in xavfsizlariga o‘rnatilgan talablar va qoidalarni to‘liq bajarilishi imkoninpi beradi.