Kirish quvurlari Du1000 ga zulfinli armaturalar baypas quvurlari bilan birga o‘rnatilgan va baypas quvurlariga ham zulfinli armaturalar o‘rnatilgan. Chiqish quvurlari Du1000 ga zulfinli armaturalar o‘rnatilgan.
Separatorlar bloklaridagi bosim shu joyning o‘zida o‘rnatilgan texnik manometrlar bilan, harorat esa termometrlar bilan nazorat qilinadi.
Kondensatni qurilmadan to‘kib olish kondensatni to‘kish quvuri orqali qurilmadagi suyuqlik satxi bo‘yicha avtomatik rejimda doimiy ravishda amalga oshiriladi. Suyuqlik satxini bir xil ushlab turish klapan-satx rostlagichlar bilan amalga oshiriladi. Klapan-satx rostlagichlar kirishda panasimon surma klapanlar bilan, chiqishda esa panasimon surma klapanlar, teskari zulfinlar va panasimon surmali klapanlar bilan jihozlangan.
Separatorlar bloki S1/1(S1/2) da suyuqlik satxini avtomatik ravishda rostlash shu joyning o‘zida o‘rnatilgan o‘lchash asboblari yordamida ko‘rsatkichlarni masofadan operator xonasidagi shchitga uzatish bilan apparatdan suyuqlik chiqadigan quvurda joylashgan rostlovchi klapanlarni xarakatga keltirish orqali amalga oshiriladi.