maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


PHS qurilmalarining gaz va gaz kondensatidan xalq xo‘jaligida foydalanish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə94/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

PHS qurilmalarining gaz va gaz kondensatidan xalq xo‘jaligida foydalanish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

- qozonxona yoqilg‘isi sifatida;

- kommunal-maishiy ehtiyojlarda;

- texnologik ehtiyojlarda;

- suyuq uglevodorodlar olish uchun;

- avtomobil benzinlarining qimmatbaho komponentlarini, shuningdek dizel yoqilg‘ilarini olish uchun.

Qurilmaning har bir navbati gazni drossellash – Joul-Tomson effektidan foydalangan holda, gazni past harortli separatsiyalashning to‘rtta texnologik liniyadan va qurilma liniyalarida gidrat hosil bo‘lishiga qarshi ingibitorlar sifatida dietilenglikol (DEG) dan foydalaniladigan va uni regeneratsiyalashni amalga oshirish uchun to‘rtta texnologik liniyadan tashkil topgan.

Qurilmaning har bir navbati, uchinchi pog‘onadagi past haroratli separatorda tabiiy gazni quritish va separatsiyalashning birinchi va ikkinchi pog‘onalariga kondan kelib tushuvchi tabiiy xom-ashyo gazidan tomchili suyuq fazalar va mexanik aralashmalarni ajratish uchun mo‘ljallangan. Namlik va uglevodorodlar bo‘yicha talab qilingan shudring nuqtasigacha quritish, reduksiyalash va ejektorlash blokida haroratni pasaytirish yo‘li bilan, drossellash yordamida amalga oshiriladi.

Quritilgan va mexanik aralashmalardan tozalangan kam oltingugurtli tabiiy gaz teskari oqim bilan, issiqlik almashtirishning ikkinchi va uchinchi pog‘onalari issiqlik almashtirgich apparatlari orqali xom-ashyo sifatida seolitli oltingugurt tozalash qurilmasiga va yoqilg‘i sifatida – O‘zR GRES lariga uzatiladi.

Separatsiyalashning birinchi va ikkinchi pog‘onalarida ajratilgan uglevodorodli kondensat, GDTQ dan kelgan kondensat bilan birga qo‘shimcha tarzda ajratish uchun juft ajratkichlarga yo‘naltiriladi. PHSQ ning I va IV navbatlarida loyiha bilan, «kondensat-kondensat» issiqlik almashtirgichi orqali separatsiyalashning birinchi va ikkinchi pog‘onalarida ajratilgan uglevodorodli kondensatni uzatish ko‘zda tutilgan.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin