Mexanik usulda tog‘ jinslarini parchalashda qo‘l kuchidan yoki dvigatellardan foydalaniladi. Qo‘l kuchidan faqatgina muhandislik-geologik tekshiruv ishlaridagina foydalaniladi.
Mexanik parmalash - ko‘tarib urish va aylantirish usullari bilan amalga oshiriladi. Ko‘tarib urish yordamida burg‘ilash - qazish mexanizmi krivoship-shatun orqali balansirni harakati yordamida vertikal ko‘tarib-tushirish harakati orqali amalga oshiriladi. Qazilgan tog‘ jinslari yuqoriga maxsus jelonka orqali olib chiqiladi.
Aylantirish orqali burg‘ilashda quduqni burg‘ilash, burg‘iga o‘k bo‘ylab og‘irlik berish va uni aylanma harakati natijasida quduq chuqurlasha boradi. Burg‘iga aylanma harakat rotor orqali beriladi. Rotorga esa harakat chig‘ir orqali beriladi.