v-uyasimon yotqizilgan qumtoshlar kollektorlarida joylashgan.
Stratigrafik turdagi uyumlar aksariyat kollektor qatlamlar tuzilmasining yuvilib ketishi va uning ustiga yosh tog‘ jinslarini stratigrafik normuvofiqlar bilan yotishi natijasida hosil bo‘ladi. Stratigrafik sinf uyumlari antiklinal, gumbazsimon va monoklinal tuzilmalarda ham kuzatiladi.
2.2. Neft va gaz migratsiyasi.
Migratsiya deganda neft va gazning yer cho‘kindi qobig‘idagi harakati tushiniladi. Migratsiya yo‘llari sifatida tog‘ jinslaridagi g‘ovaklar va darzliklar shuningdek uzilmaning buzilish va stratigrafik nomuvofiqliklar yuzalari xizmat qiladi. Xuddi shular orqali neft va gaz yerning yuza qismiga ham chiqishi mumkin.
Migratsiya bir qatlamning o‘zida ham bo‘lishi mumkin va uglevodorodlar bir qatlamdan ikkinchisiga o‘tishi ham mumkin. Ana shu nuqtai nazardan migratsiya o‘z navbatida qatlam ichi va qatlamlararo turlarga ajratiladi. Birinchisi, asosan qatlam ichi g‘ovaklik va darzliklarda, ikkinchisiga qatlamlararo neft va gaz migratsiyasi tog‘ jinslari (diffuziya) g‘ovakliklar bo‘ylab ham bo‘lishi mumkin. V.P.Savchenko tadqiqotlar o‘tkazib neft va gazning siljishi qatlamaro migratsiya natijasida o‘ziga xos «portlash quvurchasi» orqali gazlar to‘plamidagi juda katta bosim natijasida tog‘ jinslarida sodir bo‘ladi. Rezervuar ichi va rezervuararo migratsiya yonlama (loteral) qatlamning o‘z yo‘nalishida va bo‘ylama mutloq qatlamlanishi bo‘yicha bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan yonlama va bo‘ylama migratsiyalar bo‘ladi.
Harakatlanuvchi flyuidlarning fizik holatiga ko‘ra migratsiya molekulyar (diffuziya, suv bilan erigan holatda harakatlanishi) va fazoli (erkin holatda) turlarga bo‘linadi. Keyingi holatda uglevodorod suyuq (neft) va gazsimon (gaz) holatda, shuningdek bug‘simon neftgazli eritma ko‘rinishida bo‘ladi. Neftgaz yarata oluvchi qatlamlarga nisbatan birlamchi va ikkilamchi migratsiya ajratiladi. Uglevodorodlarni neftgaz yarata oluvchi jinslardan kollektorlarga o‘tish jarayoni birlamchi migratsiya deyiladi. Neftgazni neftgaz yarataoluvchi jinslardan tashqaridagi migratsiyasi ikkilamchi deyiladi.
Neft va gaz migratsiyasi muammosi uchta asosiy masalani o‘z ichiga oladi: migratsiyani yuzaga keltiruvchi omillar; flyuidlarning siljish holati; migratsiya masshtablari (masofasi).
Migratsiya harakat masshtabi bo‘yicha regional, neft hosil bo‘lish va neft to‘planish mintaqalari oralig‘idagi masshtablarini nazorat qiladigan, lokal, alohida tuzilma va turli tuzilmalar bilan nazoratlangan turlarga bo‘linadi. Uglevodorodlarning migratsiyasi masofasi, yo‘nalishi va tezligi ularning holatidan va uyumlarni vujudga kelishidagi geologik vaziyatga bog‘liq.
Uzoq vaqtlargacha neft hosil bo‘lishidagi organik nazariyaning noziq tomoni birlamchi migratsiya emigratsiya omili haqidagi savol edi. Noorganik nazariya tarafdorlari neft yarataoluvchi jinslardan neftgaz birlamchi migratsiyasini umuman hamma imkoniyatlarini rad etadilar.