1.2-rasm. Neft qazib olish tizimiga kimyoviy reagentlarni kiritish sxemasi.
Kimyoviy reagentlarning turli maqsadlarda kiritilishida asosiy o‘rinni neft qazib olish qudug‘i turadi. Neft qudug‘iga yoki zaboy oldi zonasiga kiritilayotgan kimyoviy reagentlar umumiy miqdorning uchdan ikki qismini tashkil etadi. ba’zi bir xil funksional ahamiyatga ega bo‘lgan kimyoviy reagentlarni neftni tayyorlash texnologik zanjirdagi bir nechta obyektlarga kiritish mumkin. bunday kimyoviy reagentlarga deemulgatorlar, nasoslarning f.i.k.ni oshiruvchi reagentlar, korroziya ingibitorlari va tuz cho‘ktirmas ingibitorlar kiradi.
Deemulgatorlarning asosiy kiritilish joyi neft tayyorlash qurilmalari hisoblanadi, lekin suvneft emulsiyasi hosil bo‘lishining dastlab oldini olish uchun kimyoviy reagentni quduqlarga ham kiritish yanada yaxshi samara beradi. Deemulgatorlarning kiritilish qatlam suvlari va tuzlarning hosil bo‘lishi va tuz cho‘kmalarining metall sirtiga adsorbsiyalanishi natijasida cho‘kindilar hosil bo‘lishiga olib keladi.